2012 yildan beri La Ligada birinchi bo'lib 10ta gol urganlar bitta suratda (FOTO)

Tolibjon Qosimov
2 okt 2017, 14:36
Kecha Ispaniyada La Liga 7-turi doirasida "Barselona" klubi "Las-Palmas"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu uchrashuvda kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi dubl qayd etdi va o'zining joriy mavsum chempionatdagi gollarini 11taga etkazib oldi.

Shu o'rinda, Ispaniya chempionatida 2012-2013 yildan beri mavsumda birinchi bo'lib 10ta gol urgan o'yinchilarni keltirib o'tamiz:

2012/13: Lionel Messi ("Barselona")

2013/14: Diego Kosta ("Atletiko")

2014/15: Krishtianu Ronaldu ("Real")

2015/16: Neymar ("Barselona")

2016/17: Krishtianu Ronaldu ("Real")

2017/18: Lionel Messi ("Barselona")



Ispaniya chempionati turnir jadvali >>> La Liga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka