2007 yildan beri ilk bor “Oltin butsa” A Seriya vakiliga nasib etdi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2020, 19:20
Biroz oldin, “Lacio” forvari Chiro immobilening 2019/20 yilgi mavsum “Oltin butsa” sohibiga aylangani haqda xabar qilgandik.

Immobile mazkur sovrinni qo'lga kiritgan A Seriya tarixidagi 3-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunga Luka Toni – 2006 (“Fiorentina”, 31 gol) va Franchesko Totti – 2007 (“Roma”, 26) erishgandi.

Eslatib o'tamiz, Chiro Italiya chempionatining joriy mavsumida 36 o'yinda qatnashib, 35 ta to'p kiritdi va 10 golga hammualliflik qildi. Shuningdek, u bugun “Napoli”ga qarshi safardagi bahsda maydonga tushsa, o'z natijasini yanada yaxshilab olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia