

Bu haqda Foot Mercato o'z manbalariga tayanib xabar berdi. 34 yoshli futbolchi 14 mavsum davomida “Real Madrid”da o'ynaganidan so'ng amaldagi Saudiya Arabistoni chempionlari safiga kelib qo'shildi. U “Qirollik klubi”da umumiy hisobda 647 ta uchrashuvda maydonga tushib, 353 ta gol urishga erishgan.



