Ronaldu super gol urishidan bir kun avval ham xuddi shu uslubda zarba bergan ekan (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
5 apr 2018
"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final ilk o'yinida (3:0) akrobatik uslubda gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Qirollik klubi"ning Instagramdagi sahifasi Ronaldu bir kun oldingi rasmiy mashg'ulotda ham shunday zarba bergani aks etgan videoni joyladi.


Futbolchi mashg'ulotda to'singa tegib qaytgan to'pga, akrobatik uslubda zarba bergan, ammo to'p darvoza to'ridan o'rin olmadi. O'yindagi ushbu harakat esa muvaffaqiyatli yakunlandi. Mashg'ulotda qiyin bo'lsa, o'yinda oson bo'ladi degani shu bo'lsa kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail