Osiyo chempionati qahramonlari bugunning o'zidayoq taqdirlanishadi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018, 16:42
Xitoyda o'tkazilgan U23 Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi g'olib nomini qo'lga kiritdi.

Bizga ma'lum qilishlaricha, vakillarimiz bugun "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti"da tantanali tarzda kutib olinadi. Keyinroq shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig'i bilan futbolchilarni "O'zbekiston" mehmonxonasida taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Oldinroq xabar berganimizdek, chempionlarga bittadan Chevrolet Malibu avtomobillari topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia