18 aprel kuni O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi jonli efirda namoyish qilinadi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2018, 13:07
Kecha O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi o'z yakuniga etdi. Qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tgan uchrashuvlarda Superliganing 3ta vakili – “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro” klublari Kubokni ilk bosqichdayoq tark etishdi.

Nimchorak finalga yo'llanma olgan 12ta jamoaga yana to'rtta jamoa qo'shiladi. Bular -  “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”.

1/8 finalda Superliganing 9ta va Pro-liganing 7ta klubi qatnashadi. 

1.“Surxon” (PRO-liga)
2.“Dinamo” (PRO-liga)
3.“Qo'qon-1912” (Superliga)
4.“Sherdor” (PRO-liga)
5.“Mashal” (PRO-liga)
6.“So'g'diyona” (Superliga)
7.AGMK (Superliga)
8.“Andijon”(PRO-liga)
9.“Orol” (PRO-liga)
10.“Iftixor” (PRO-liga)
11.“Neftchi” (Superliga)
12.“Qizilqum” (Superliga)
13."Paxtakor" (Superliga)
14."Lokomotiv" (Superliga)
15."Nasaf" (Superliga)
16."Bunyodkor" (Superliga)

Avvaldan belgilanganidek, 1/8 final bosqichiga ham qur'a tashlanadi. Qur'a tashlash marosimi 18 aprel chorshanba kuni soat 20:00da “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Qur'a tashlash marosimidan oldin Superliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol mualliflariga PFL sovrinlari topshiriladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com