17 yoshli futbolchi "Barselona" tarixidgi eng tez debyut golini urdi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2023, 21:50
Mark Giu "Atletik" darvozasiga gol urib, "Barselona" rekordini yangiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 17 yoshli hujumchi maydonga tushganidan 34 soniya o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi va bu Kataloniya futbolchisining LaLigadagi eng tez debyut goliga aylandi. Shu bilan birga u ligada debyut qilib, eng tez gol urgan uchinchi raqamli futbolchi bo'ldi (2009 yilda Xorxe Galan 29 soniyada urgan).

Shu bilan birga Giu Ispaniya chempionatida 18 yoshgacha gol urishga muvaffaq bo'lgan 8 futbolchining biriga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta