Endi Ronalduning egizak farzandlari bor

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2017, 08:23
Real va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egizaklarning otasi bo'ldi.

Bolalarni surrogat ona dunyoga keltirgan. O'g'il chaqaloqqa Mateo, qizga Eva deb ism qo'yilgan.

Chaqaloqlar payshanba kuni tug'ilishgan. Hujumchi ayni paytda Portugaliya terma jamoasi lagerida bo'lib turibdi.

Krishtianu Ronalduning katta farzandi olti yoshga to'lib bo'lgan. U ham surrogat onadan duyonga kelgan.

Ayni paytda Ronaldu ispaniyalik Jorjina Rodriges bilan uchrashmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SIC Noticias