13 nafar o'zbekistonlik hakam OCHL 4-turida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023
Osiyo Chempionlar Ligasining 4-tur bahslariga O'zbekistondan 11 nafar hakam hamda 2 nafar hakamlar nazoratchisi tayinlov oldi.

Bosh hakamlardan Ahrol Risqullaev va Ilgiz Tantashev, yordamchi hakamlardan Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin, shuningdek, video assistentlar orasidan Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov hamda Rahimbek Karimov tayinlov olgan. 

E'tiborlisi, shu tur bahslaridan boshlab o'zbekistonlik nazoratchilar ham OFK tomonidan jalb etilishni boshladi. 2 nafar instruktor Vladislav Seytlin va Valentin Kovalenko navbatdagi tur bahslarida ishlashi ko'zda tutilgan. Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar ma'lumotlari bilan tanishing:


Osiyo Chempionlar Ligasi. 4-tur

"E" guruhi 

07.11.2023 | 23:00

"Al Duhayl" – "Al Nassr"

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Rustam Lutfullin, Firdavs Norsafarov


"J" guruhi

08.11.2023 | 17:00

"Hanoi" – "Uxan"

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Aziz Asimov, Abdurashid Xudoyberganov


"H" guruhi

08.11.2023 | 14:00

"Melburn Siti" – "Buriram Yunayted"

Bosh hakam: Rahimbek Karimov 


"A" guruhi 

06.11.2023

"Jabal Al Mukaber" – "Al Ahed"

Nazoratchi: Valentin Kovalenko


"F" guruhi

08.11.2023 | 15:00

"Lion Siti" – "Chonbuk Xyunday"

Nazoratchi: Vladislav Seytlin


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази