

Musobaqada jami 8ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda qatnashadi.
“A“ guruhi: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Spartak”
“V” guruhi: “Nasaf”, “Mashal”, “Andijon” internati, “Neftchi”
Musobaqaga qur'a tashlash marosimi shu yilning 11 dekabr kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida bo'lib o'tadi. Shu kuni musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar mandat komissiyasidan ham o'tishadi.
O'FF Kubogi musobaqasini o'tkazishdan asosiy maqsad yangi tashkil etiladigan O'zbekiston U-19 terma jamoasi uchun nomzodlarni saralab olishdan iborat bo'lib, bir qator selekcionerlar turnirni kuzatib borishi rejalashtirilgan.



