1 yil oldin shu kuni Zidan "Real" bosh murabbiyi bo'lgan

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 15:42
Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyiga aylanganiga roppa-rosa 1 yil bo'ldi.
2016 yil 4 yanvar kuni Zinedin Zidan "Qirollik klubi"ni tark etgan Rafael Benites o'rnini egalladi. Fransiyalik qo'l ostidagi "Real" shu kungacha barcha turnirlarda 53 ta uchrashuv o'tkazib, uning 41 tasida g'alabaga erishdi, 10 ta durang qayd etdi va 2 marotaba mag'lubiyatga uchradi.

"Qaymoqranglilar" Zidan bilan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia