O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2019
2 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig'inga kirishadi.

Ushbu yigin oldidan yangi murabbiylar shtabi tomonidan kengaytirilgan tarkib e'lon qilindi. Ushbu ro'yxatdan o'rin olgan 28 futbolchi xozirda yangi murabbiylar shtabining kuzatuvi ostida. Dam olish kunlari bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi o'yinlardan so'ng futbolchilarning jismoniy holati o'rganib chiqiladi va ular terma jamoa yig'iniga kirishadi.

Yig'in natijasiga ko'ra bevosita rasmiy uchrashuvlar qaydnomasiga kiritiladigan futbolchilar tanlab olinadi.



Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Dilshodbek Ahmadaliev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullaev ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Jasur Yaxshiboev (AGMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz