Armin Boshnyak - "Andijon" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023
"Andijon" yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida o'z safiga chernogoriyalik futbolchini qo'shib oldi.

PFLning ma'lum qilishicha, andijonliklar chernogoriyalik vinger Armin Boshnyak bilan shartnoma imzolashgan. 29 yoshli futbolchi bilan imzolangan bitim 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

Armin Boshnyak faoliyati davomida "Edinstvo" (Chernogoriya), "Iskra" (Chernogoriya), "Rudar Plevlya" (Chernogoriya), "Zeta Golubovac" (Chernogoriya), "Balkani" (Kosovo), "Tampins Rovers" (Singapur) kabi klublarda to'p tepgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia