"Tomosha boshlanmoqda!" - "Atletiko" Madrid derbisidagi hakamlik ustidan kuldi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2026
Madridning "Atletiko" klubi "Real"ga qarshi bahsdagi (2:3) bahsli vaziyatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda kesatiqli post qoldirdi.

"Matraschilar" Dani Karvaxal o'z jarima maydonchasi ichida Markos Lorentega qarshi ishlatgan qo'pollik aks etgan kadrni joylab, shunday izoh qoldirishdi: "🍿 RFEF va STA tomonidan taqdim etiladigan "Tiempo de Revisión" (hakamlik tahliliga bag'ishlangan ko'rsatuv) dasturining 26-sonini intizorlik bilan kutyapmiz".

O'yinning 10-daqiqasida Karvaxal raqibi zarba berib bo'lgan vaziyatda uni yiqitgan edi. Bosh hakam Xose Munuera Montero bu vaziyatda qoida buzilishini qayd etmagan. Avvalroq Hakamlar texnik qo'mitasi (STA) ushbu epizodni ko'rib chiqmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/atletienglish