SSKA direktori Fayzullayev transferi haqida gapirdi

Khoja
28 iyul 2025, 08:13
SSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo Abbosbek Fayzullayevning transferi haqida fikr bildirdi.

"Abbos "Istanbul Bashakshexir" uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha kelishuvning so'nggi bosqichini olib borishmoqda. Tez orada barchasi e'lon qilinadi", - dedi direktor.

Shuningdek, jamoa bosh murabbayi Fabio Chelestinining ham Fayzullayevni jamoani tark etganini ma'lum qildi.

"Muxin va Fayzullayev jamoani tark etishdi. Bu haqiqat", - deb fikr bildirgan jamoa bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com