

"Men buni ko'p marta aytganman va bu masala bo'yicha fikrimni ochiq bildirishdan cho'chimayman. Saudiya Arabistonida o'ynash, engil aytganda, juda yoqimsiz deb hisoblayman. Milliy musobaqalarning boshqa mamlakatga ko'chirilishi muxlislar uchun muammolar keltirib chiqaradi, ayniqsa sayohatlarni uyushtirishda. Bizning ko'plab muxlislarimiz bor va biz safarda o'ynayotgandek his qilamiz. Agar musobaqa o'z yurtimizda o'tkazilganda, "Atletik"ning qanchadan-qancha muxlislari bizni qo'llab-quvvatlashga kelishini yaxshi bilamiz.
Bir necha kundan so'ng men ota bo'laman, xotinim va o'g'limni qoldirib kyetish menga juda og'ir, ammo bu mening burchim. Men klubning ixtiyoridaman va Superkubokda qo'limdan kelgancha harakat qilaman," - dedi Uilyams.
Ispaniya Superkubogi 7-11 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. 2020 yildan beri musobaqa Saudiya Arabistonida o'tkazilib kelinmoqda.



