OKMK Rossiya jamoasiga imkoniyatni boy berdi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan OKMK klubi Turkiyadagi yig'in doirasida Rossiyaning "Axmat" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Murosasiz kechgan bahsda Grozniy shahri jamoasi 3:2 hisobida ustun keldi. Olmaliqliklar tarkibida Arixiro Sentoku va Ali Abdurahmonov o'z hisobiga gol yozdirdi. "Axmat" safida Giorgi Melkadze dubl qayd etgan bo'lsa, Galimjan Kenjebek yana bir golga mualliflik qildi.

O'rtoqlik uchrashuvi

OKMK - "Axmat" 2:3 

Gollar: Arixiro Sentoku (21), Ali Abdurahmonov (89, pen) - Galimjan Kenjebek (23), Giorgi Melkadze (44, 47)

OKMK: Hamidullo Abdunabiev, Ahmadullo Muqimjonov, Avazbek O'lmasaliev, Shahzod Tairov, Eldor Begimov, Rian Islomov, Abror Sarimsoqov, Nodirbek Abdurazzoqov, Asadbek Sobirjonov, Arixiro Sentoku, Ali Abdurahmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Giorgi Papava, Hazrat Tursunqulov, Aziz Xolmurodov 

"Axmat": Sheliya, Sidorov, Ndong, Zare, Bogosavac, Keliano, Pryaxin, Kenjebek, Mansilya, Kasintura, Melkadze.

Eslatib o'tamiz, kunning birinchi yarmida "konchilar" Gruziyaning "Meshahte" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia