Mourinyu: "Ehtimol, men "Real"dan iste'foga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman"

Aslanov Jasurbek
17 fev 2026
Lissabonning "Benfika" klubi ustozi Joze Mourinyu YCHL doirasidagi sobiq jamoasi - "Real Madrid"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Special One" Madriddagi faoliyati va klub prezidenti bilan aloqalarini yodga oldi.

Florentino Peres bilan munosabatlar:

Mourinyu va Peres o'rtasidagi do'stlik hali ham mustahkam.

"Florentino bilan oxirgi marta Benfikaga kelganimda gaplashdik, u meni tabrikladi. Ertaga uni o'yinda ko'rishdan umidvorman. Oramizdagi ajoyib do'stlikni yashirishga hojat yo'q", - deydi Joze.

Kyetish sababi va "toza vijdon":

Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubidan o'z xohishi bilan ketganini alohida ta'kidladi:

Mourinyuning fikricha, u "Real"ning eng og'ir davrlarida ishlab, jamoani porloq kelajak uchun tayyorlab ketgan.

Uning kyetishiga esa oilaviy sabablar asosiy omil bo'lgan: "Oiladan muhimroq narsa yo'q".

Mourinyudan navbatdagi "iqtibos":

"Ehtimol, men "Real"dan iste'foga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman. Agar sen klubdan o'z tashabbusing bilan ketsang, demak, vijdoning pokligani anglatadi", - deya qo'shimcha qildi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, ertaga Chempionlar Ligasining dastlabki o'tish o'yinida Arbeloa shogirdlari Portugaliyada "Benfika" mehmoni bo'lishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca