

Endi Vinisiusning ayblovi maxsus inspektorlar tomonidan o'rganiladi.
Vaziyat nima bilan bog'liq?
Eslatib o'tamiz, 17 fevral oqshomida kechgan Benfika - Real (0:1) uchrashuvining ikkinchi bo'limida Vinisius Junior raqib hujumchisi Djanluka Prestiannini uni maymun deb haqorat qilganlikda ayblagan edi. O'sha vaziyatda Prestianni og'zini futbolkasi bilan yopib olgan, bu esa lablardan o'qish imkoniyatini yo'qqa chiqargan.
UEFA bayonoti:
2026 yil 17 fevral kuni bo'lib o'tgan Benfika va Real o'rtasidagi Chempionlar Ligasi uchrashuvida kamsituvchi xulq-atvor haqidagi davolarni o'rganish uchun UEFAning odob-axloq va intizom masalalari bo'yicha inspektori tayinlandi. Mazkur masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar tegishli vaqtda taqdim etiladi, - deyiladi tashkilot xabarida.
Nima kutilmoqda?
Agar Prestiannining aybi isbotlansa, uzoq muddatli diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin. Shuningdek, stadiondagi muxlislarning harakatlari uchun Lissabon klubiga ham moliyaviy yoki tribunalarni yopish kabi jazolar tayinlanishi ehtimoli bor.
Mourinyu va uning jamoasi uchun Madriddagi javob o'yini oldidan muhit yanada og'irlashmoqda.



