Rasman: "Bunyodkor" xorvatiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2025
Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Bunyodkor" selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

"Qaldirg'ochlar" safiga xorvatiyalik yarim himoyachi Martin Shroler kelib qo'shildi. 2025 yilgi mavsumni "Bunyodkor" libosida o'tkazadigan Martin Shroler hujumchi ortida to'p tepadi. 

Ma'lumot uchun

MARTIN SHROLER

Tug'ilgan sanasi: 2.11.1998 yil

Fuqaroligi: Xorvatiya

Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi

Bo'yi: 175 sm. Vazni: 73 kg

Oxirgi jamoasi: GOSHK Gabela (Bosniya)


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати