So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  18 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Osiyo yulduzlari. Yunis Mahmud - basketbolchi bo'lmagan futbolchi Yangiliklar

Osiyo yulduzlari. Yunis Mahmud - basketbolchi bo'lmagan futbolchi

Bugungi maqolamizda Osiyo futboli yulduzlaridan biri, Iroq terma jamoasi sobiq hujumchisi Yunis Mahmud haqida fikr yuritamiz.

Golni har kim o'zicha nishonlaydi. Lekin shunday o'yinchilar borki, gol urgandan keyin og'izni katta ochib qo'llarni keng yoygan holda yugura boshlashadi. Iroqlik sobiq hujumchi Yunis Mahmud xuddi shunday futbolchidir. 

Yunis Mahmudning faoliyatida 2007 yil katta o'rin tutadi. CHunki u aynan shu yili bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targandi. Finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga kiritgan uning yagona goli hamon ko'pchilikning yodida. 

Iroqlik futbolchi faoliyati mobaynida "Kirkuk", "Al Talaba", "Al Xor", "Al Garafa", "Al Arabi", "Al Vakra", "Al Sadd", "Al Ahli" kabi klublarda to'p tepgan. Terma jamoa safida 148 o'yinda maydonga tushib, 57ta gol urgan.

"BASKETBOL KERAKMAS, FUTBOLCHI BO'LAMAN"

Iroqning Kirkuk tumanida tug'ilgan futbolchi aslida yoshligidan basketbolga qiziqa boshlaydi. Uning otasi mahallada futbol o'ynab yurar, shuningdek miliciya xodimi edi. Yunis Mahmud dastlab basketbolga qatnaydi, otasi kabi futbolchi bo'lishni istamaydi. 

Ammo 1996 yilga kelib Yunis futbol yo basketboldan birini tanlashiga to'g'ri keladi va biroz ikkilanishdan so'ng mahalliy "Kirkuk" futbol jamoasiga qatnay boshlaydi. Bu paytda bo'lajak yulduz endi 13 yoshga qadam qo'ygandi. 

2001 yilga qadar "Kirkuk" jamoasida o'ynagan o'spirin keyinchalik Bag'dodning eng nomdor klublaridan biri "Al Talaba" safiga borib qo'shiladi. Va aynan "Al Talaba"dagi o'yinlari orqali muxlislarga "Sahro tulkisi" laqabi bilan taniladi. Qizig'i shundaki, uning yangi jamoasi tarkibidagi ilk o'yini avvalgi jamoasi "Kirkuk" bilan kechadi va bunda hujumchi uchta gol urib xet-trikka erishadi. 


OLIMPIADA O'YINLARI

Yunis Mahmud "Al Talaba"dagi ilk mavsumidayoq mamlakat chempioni va Kubogini qo'lga kiritadi. Uning faoliyatida shuningdek, 2004 yilgi Olimpiada o'yinlari ham alohida o'rin tutadi. Bungacha Osiyo jamoalarining Olimpiadadagi eng yaxshi ishtiroki deganda 1968 yil Yaponiyaning bronza medallarga ega chiqqani-yu, Sidney-2000da Quvaytning 12-o'rinni olgani ko'proq eslanardi. 

Ammo 2004 yil Afinada bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida Iroq yarq etib porlaydi va hammani o'ziga qaratadi. Guruhdagi dastlabki o'yinni Portugaliyaga qarshi o'tkazgan iroqliklar kuchli raqib ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonishadi. Va albatta bu uchrashuvda Yunis Mahmud ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'yadi. O'shanda Portugaliya safida Raul Meyrelesh, Joze Bosingva, Luish Bo Morte hamda Krishtianu Ronaldu kabi nomdor futbolchilar o'ynagandi. 

Keyingi o'yinda Kosta-Rika 2:0 hisobida mag'lub etiladi. Jamoa garchi oxirgi turda Marokashga 1:2 hisobida yutqazib qo'ysa-da, birinchi o'rin bilan guruhdan chiqadi. Ronaldu jamoadoshlari atigi bitta g'alaba bilan guruhda qolib ketishadi. Iroq guruhdan chiqqach, Avstraliyaga qarshi bahs olib borib 1:0 hisobida g'alaba qozonadi. 

Lekin yarim finalda Yunis Mahmud jamoadoshlari bo'lajak finalchi Paragvayga 1:3 hisobida yutqazib qo'yishadi. Omad bir ketsa qaytib kelishi qiyin ekan, Iroq uchinchi o'rin kechgan bahsda Italiyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi va musobaqani to'rtinchi o'rinda tugatadi. O'shanda italyanlarga Andre Pirlo sardorlik qilgan, o'yindagi yagona gol esa Alberto Jilardino tomonidan kiritilgandi. Lekin hozirgacha Olimpiada o'yinlarida to'rtinchi o'rin G'arbiy Osiyo jamoalari uchun eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. 


QATARDAGI MUVAFFAQIYAT 

Afinadagi Olimpiada o'yinlari boshlanishiga bir oy qolganida Yunis Mahmud hayotida yana bir o'zgarish ro'y bergandi. U milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borgan, natijada hujumchining o'yinlari maqul kelgan Qatarning "Al Xor" klubi darhol uni o'z safiga qo'shib olgandi. 

SHundan so'ng iroqlik to'purar faoliyatining keyingi to'qqiz yilini Qatar klublarida o'tkazadi. Bu borada u "Al Garafa" bilan uch marta chempionlikni qo'lga kiritadi. 2006-2007 yilgi mavsumlarda eng yaxshi to'purar bo'ladi va 2008, 2010, 2011 yillarda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. SHuningdek, "Al Arabi", "Al Vakra", "Al Sadd"dagi o'yinlari orqali "SHayx Jassim Kubogi" va "Qatar yulduzlar Kubogi"ni qo'lga kiritadi. 

TARIXIY VOQEA 

2007 yil Iroq futbolida tarixiy voqea yuz berdi. Iroq terma jamoasi o'z tarixida ilk marta Osiyo chempioni degan nomga sazvor bo'ldi. "To'g'risini aytsam, biz musobaqadan oldin guruhdan chiqishni maqsad qilgandik, - xotirlaydi sobiq futbolchi. - Lekin yakunda chempion bo'lasizlar deb birov aytsa, menimcha hech kim ishonmasdi". 

"Albatta, biz nimadir sensaciya ko'rsatishga harakat qilgandik. O'yindan o'yinga hammasi yaxshi bo'lib boravergach, bir kuni o'zimga shunday dedim: yo shu safar, yo hech qachon".

Darhaqiqat, o'sha musobaqada Iroq terma jamoasi juda chiroyli o'yin namoyish etgan, Yunis Mahmud esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Hal chiluvchi final o'yinida Iroq va Saudiya termalari 60 ming muxlis ko'z o'ngida Jakartadagi stadionda bahs olib borishadi. O'yinning 73-daqiqasida Yunis Mahmud tomonidan bosh bilan kiritilgan gol iroqliklarga g'alaba va bosh sovrinni taqdim etadi. 

Mahmud o'sha uchrashuvni shunday eslaydi: "Finalda g'olib bo'lish mushkuldek ko'ringandi. Lekin biz buni uddalaganmiz. O'sha g'alaba men uchun hozir ham tushdek ko'rinadi. Jamoadagi hamma o'z familiyasini tarixiy kitobga yozdirib qo'ydi, bu esa faxrlanib gapirishga arziydi". 


USHALMAGAN ORZU

"Mening eng katta orzuyim terma jamoa bilan birga jahon chempionatiga borish, - degan edi Yunis Mahmud 2013 yil bergan intervyusida.  - Biz ko'p harakat qilyapmiz, ammo hali jahon chempionatiga chiqqanimiz yo'q". 

CHindan ham iroqlik futbolchining birdan bir armoni jahon chempionatiga bormagani bo'lib qoldi. Vaholanki, u uchta saralash musobaqasida ishtirok etdi va jami 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

Yunis faoliyatidagi eng katta oxirgi turnir 2015 yilgi Osiyo Kubogi bo'lib qoldi. Guruhda Iordaniya va Falastinni mag'lub etgan Iroq chorak finalda Eron bilan ro'baro' keladi. Bahs 3:3 hisobida yakun topadi va penaltilar seriyasida omad iroqliklarga kulib boqadi. Lekin yarim finalda Janubiy Koreya Iroqning yo'liga to'g'anoq bo'ladi. 

FRANCIYADAN CHAQIRUV

2007 yil Iroq terma jamoasi Osiyo Kubogida g'olib chiqqanidan keyin Yunis Mahmudga Evropadan "sovchilar" kela boshlaydi. Ammo futbolchi Evropaga ketishni istamaydi.

"Mamlakatimizda muammolar ko'p edi, - deydi Yunis Mahmud. - Agar muammo bo'lmaganida terma jamoaning barcha o'yinchilari xorijga ketgan bo'lishardi. O'z vaqtida "Marsel" va "Lion"dan taklif olgandim, lekin Franciyaga ketmaganman. Nima uchun? CHunki men Osiyodan tashqaridagi hayotni bilmasdim". 

"Bizda rostan muammolar ko'p bo'lgan. Masalan, televizorda atigi ikkita kanalimiz bor edi. Ammo hozir hammasi o'zgardi. Men uydan chiqmasdan dunyoda nimalar bo'layotganini bila olaman. Lekin o'shanda qo'rqqanman rosti. "Lion"ning sobiq futbolchisi Junino Pernambukano bilan Qatar klubida birga o'ynaganimda, u menga Franciyaga ket, u erda bemalol o'ynab keta olasan degandi. Lekin men unga javoban ularning tilini va ovqatlarini bilmayman deganim hamon yodimda". 

Yunis Mahmud uchun 2016 yilning 29 martida Vetnamga qarshi bahs terma jamoadagi oxirgi o'yin bo'lib qoldi. U shundan so'ng katta futbol bilan xayrlashdi. U garchi Evropada o'zini sinab ko'rmagan bo'lsa-da, Osiyodagi o'yinlariyoq uning mohir hujumchi bo'lganidan darak beradi va minglab iroqlik yoshlar kelajakda aynan unga o'xshashga harakat qilishadi. 

X.Xoliqov tayyorladi. 




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика