Joze Mourinyu: Uchta sovrin va YCHLga yo'llanma, men baxtliman

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 09:40
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Ayaks ustidan qo'lga kiritilgan (2:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Men uchun eng qiyin mavsum yakuniga etdi. Biz APL orqali emas Yevropa ligasi orqali YCHLga chiqishni istadik. Endi MYUda jahon futbolidagi barcha sovrinlar bor.

Biz Ayaksdan kuchli edik, to'la haqli g'alabaga erishdik. Yigitlar uchun xursandman. Endi tatil boshlanadi. Terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni ko'rmoqchi emasman. Men faqat o'zimni o'ylayman, etar bas.

So'nggi oylar biz uchun juda og'ir o'tdi, jarohatlar qiynab qo'ydi. Uchta sovrin va YCHLga yo'llanm aolish. Men shunchaki baxtliman.

Rahbariyat jamoada kimlarni ko'rishni istashimni biladi. Endi barchasi menedjment va klub xo'jayinlariga bog'liq. Ammo hozir futbol haqida o'ylamayapman, – deydi Mourinyo.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com