Zukko muxlis tanlovi #8
13 noy 2013 09:00
Yangiliklar

Zukko muxlis tanlovi #8
Hurmatli tanlovimiz ishtirokchilari. Bugungacha o'tkazilgan bosqichlarda zukkoligini namoyish etib, g'oliblik sari intilgan muxlislarga o'z tashakkurimni bildiraman.
Tanlovda ishtirok etish bilan o'z fikr-mulohazalarini o'rtaga tashlayotgan har bir jumlani etibordan chetda qoldirmayapmiz. Bu tanlovni tashkillashtirishdan bosh maqsad sifatida o'zimizning futbolni yaxshi o'rganish, uni qadrlash va doimo qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. SHu sababli, savollar asosan o'zbek futbolida sodir bo'lgan voqealar, statistika va ko'rsatkichlar asosida tuzilyapti. Kelajakda aniqrog'i yangi yildan boshlab bu tanlovni chempionat ko'rinishida o'tkazishni o'ylab turibmiz. U erda ikki yo'nalishda savollar sizning hukmingizga havola etiladi. Birinchi yo'nalish o'zbek futboli bo'lsa, ikkinchisi xalqaro futbolga oid savollar bo'ladi. Bu borada sizlarda qanday fikr bo'lsa, bemalol saytda qoldirishingiz mumkin. Savollar soni qancha bo'lishi kerak, test ko'rinishida bo'lishi maqulmi yoki undan voz kechish kerakmi?
Quyidagi test savollariga eng birinchi va eng ko'p to'g'ri javob bergan ishtirokchi g'olib bo'ladi. Bitta ishtirokchi ikki va undan ortiq javob bersa uning faqat dastlabki javobi qabul qilinadi. SHu bois birinchi javobingizni aniq yozing. Keyingilari hisobga o'tmaydi. Barchaga omad! (Javoblarni 1A, 2A, 3A.. shaklida yozib qoldiringlar)
Zukko muxlis tanlovi # 8:
1.O'zbekiston chempionatida necha marta amaldagi chempion navbatdagi mavsumda sovrinsiz qolgan?
A) 5 marta
B) 1 marta
S) 3 marta
D) 4 marta
2.O'zbekiston chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgan jamoalardan qaysi biri keyingi mavsumda barchani taajjubga solgan?
A) DO'stlik
B) Navbahor
S) Paxtakor
D) MXSK
3.O'zbekiston chempionatida eng ko'p jamoa qaysi yili ishtirok etgan?
A) 1992
B) 1997
S) 2000
D) 2001
4.Oliy ligada bir uchrashuvda muxlislar eng ko'p nechta gol ko'rishga erishgan?
A) 10ta, B) 13ta, S) 11ta, D) 12ta
5.Oliy ligada eng kam gol urgan to'purar qaysi yili qayd etilgan?
A) 1992
B) 1999
S) 2010
D) 2004
Loyiha muallifi Baxtiyor SHirinov.

Fikrlar