So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

Zoyir Mirzaev "Nasaf"ni kumush medal bilan tabrikladi Yangiliklar

Zoyir Mirzaev "Nasaf"ni kumush medal bilan tabrikladi

Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi bahsda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Marko Stanoevichning 8-daqiqa urgan goli qarshiliklarga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. Natijada Ro'ziqul Berdiev shogirdlari klub tarixida uchinchi bor kumush medallarni naqd qilishdi.

"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi yakuniga etgach, 2020 yilgi O'zbekiston milliy chempionatida 2-o'rinni egallab, kumush medallarni qo'lga kiritgan "Nasaf" futbol klubini Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tabrikladi.

"Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi - "Nasaf" klubi "Andijon" jamoasini qabul qilib - 2:1 hisobida g'alaba qozongani barcha muxlislarga ham malum. Kechagidek eslayman: 0:1 hisobida borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g'alabani ilib ketgandi.

Ushbu o'yinda o'zim ham ishtirok etib, "Nasaf"ni mavsumda yuqori o'rinlarni egallashini ko'p sonli muxlislari bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo'lib, sevimli jamoamiz o'z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston vice-chempioni - “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini, murabiiylarini, futbolchilarni va barcha men kabi ushbu jamoa muxlislarini 2020 yilgi O'zbekiston milliy chempionatida 2-o'rinni egallab, kumush medallarni qo'lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat: "Olg'a Nasaf, olg'a!", deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo'llab-quvvatlovga va ko'makka tayyorman. Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin. Yutuq muborak bo'lsin!"

Zoyir Mirzaev, Qashqadaryo viloyati hokimi


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика