So’nggi yangiliklar

17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  0 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  0 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  2 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  8 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  5 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  11

Zorro kostyumi, Manchesterdagi portlash, odamovi murabbiy. Joze Mourino ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

Zorro kostyumi, Manchesterdagi portlash, odamovi murabbiy. Joze Mourino ishtirokidagi matbuot-anjumani

Bugun, 10 dekabr kuni "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi mankunianlar derbisi bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yindan oldin "qizil iblislar" ustozi Joze Mourino matbuot-anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.


- Joze, ushbu bahs siz uchun qanday ahamiyatga ega?

 - Men uchun? Bu o'yin men uchun mamlakatning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi yana bir katta bahs. Bu uchrashuv turnir jadvalidagi birinchi va ikkinchi o'rinlarning to'qnashuv, katta o'yin.

- Ayni damda "Siti" qanchalik kuchli?

- Juda kuchli.

- Ayni damda jamoa o'tgan mavsum shu kundagidan 11 ochko ko'p jamg'argan, so'zsiz, ancha o'sishga erishildi. Bu bahsda jamoangiz o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq o'ynashi mumkinligini his qilyapmizmi?

- Ha, biz kuchliroq jamoaga aylandik, bu shubhasiz. Ammo "Siti" ham o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqda.

- Bu mavsum chempion bo'la olishingizga ishonasizmi?

- Buni uddalay olamiz deb o'ylayman, ammo boshqa jamoalar ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

- Bu "Manchester Arena"dagi portlashdan keyingi ilk Manchester derbisi. Bu tragediya "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"ni  yaqinlashtirdimi?

- Bunday voqealar futbolga ijobiy tasir qiladi. O'sha paytda, ikki klub hamkorlik qilib, o'z shahri uchun birga ishlay olishini tushunganmiz. Hozir gap futbol uchrashuvi haqida ketmoqda, muhim o'yin haqida. Hammasi tinch o'tadi degan umiddaman. Agar hammasini to'g'ri bajarsangiz, derbi - ajoyib voqeaga aylanadi. Bir shahar, ikki xil rang, do'stlar. Xatto bitta tom ostida, bir oila vakillari ikki xil rangda bo'lishlari mumkin. SHunday ekan, derbiga to'g'ri munosabatda bo'lish bu ajoyib. O'yindan oldin va keyin biz ko'k va qizil rangga burkangan tinch shaharni ko'ramiz degan umiddaman.

- Manchester dunyo futbolidagi eng ahamiyatli shaharlardan biri hisoblanadi. SHu hafta shahar aholisi sizni to'xtatib, biror narsa deyishdimi? "Yunayted"ning g'alabasini tilashdimi?

- Men ko'pchilikdan uzoqroqda bo'lishni xush ko'raman. Bunday narsalar men bilan kamdan-kam holatlarda yuz beradi. Men "mashg'ulot bazasi-mehmonxona" grafiki bo'yicha yaxshayman. CSKAga qarshi o'yindan so'ng hech qaerga borganim yo'q, tezda uyga yo'l oldim. Bunday uchrashuvlar kam bo'ladi, ammo ularsiz ham bu bahs Manchesterda tug'ilganlar uchun qanday ahamiyatga egaligini yaxshi bilaman.

- Agar "Siti"ni mag'lub etsangiz, "SHaxtyor" murabbiyi kabi Zorro kostyumini kiymaysizmi?

- Yo'q.

- Maydonga tushishi so'roq ostida bo'lganlarning qay biri bu bahsda ishtirok etishi mumkin?

- Zlatan, Jons, Fellayni borasida ertaga (bugun) qaror qabul qilamiz. Bayi va Kerrik o'ynamaydi.

- Matich?

- Matichda jarohat bor, biroq u maydonga tushishi mumkin.

- Kutganingizdek, Silva sizga qarshi o'ynashga tayyor. "Siti" futbolchilari orasida yana kimdir tezda sog'ayib ketishi mumkinligini kutyapsizmi?

- Yo'q, bilmadim, balki Mendi?

- Ushbu bahs borasida har xil fikrlar bildirilmoqda, sizningcha, bu o'yin qanday o'tadi?

- Futbolni oldindan aytib berish qiyin. Men, murabbiy sifatida biror o'zgartirish kiritishga harakat qilishimi mumkin, ammo aslida qanday bo'ladi, buni ayta olmayman. Futbolda boshqarib bo'lmaydigan ko'plab narsalar bor. Oldindan bir narsa deya olmayman.

- Joze, agar ikki jamoani solishtirsak, sizda baquvvat va bo'yi uzun futbolchilar ko'p ekanligini tushunamiz. Bu ustunlikdan qanday foydalanmoqchisiz?

- Bir narsani aniq aytishim mumkin - Kompani ikkinchi vaqatda Mata bilan kurashda qiynalmaydi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика