So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  0 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  4 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Zo'rma-zo'raki legioner Yangiliklar

Zo'rma-zo'raki legioner

Teglar :  CHelsiVitess
Olti yildan buyon Gollandiyaning Vitess klubi CHelsi bilan hamkorlik qiladi.

Biroq o'zaro aloqalarga arnemliklar turlicha munosabatda bo'lishmoqda. Qolaversa, Londondan ko'mak sifatida ijaraga yuborilayotgan futbolchilar ham mamnun emaslar.

Lolalar yurtidagi surgunlik

Bu hayotimdagi o'ta yoqimsiz davr bo'ldi. Ammo men faqat shu yo'l bilan faoliyatimni saqlab qoldim. Aslida, meni majburan ijaraga jo'natishdi. CHelsining bu qarorini agentim orqali malum qilishdi. O'sha kuni farzandli bo'lgandim, chaqaloqni ko'zim qiymasdi. SHu bois, safarga chiqishni istamasdim. Buning ustiga, oyog'imdagi jarohat tufayli o'ynay olmasdim. O'ynash uchun emas, fizioterapevtdan muolaja olish uchun olis safarga yuborishayotganidan tamoman bexabar edim. Darvoqe, qisqa vaqt ichida u meni oyoqqa turg'azdi. Lekin baribir, maydonga tushish nasib etmadi. To'rt oydan keyin uyga qaytdim,- deydi 2013 yili 5 nafar jamoadoshi bilan Vitessga ijaraga berilgan, hozirda SHeffild Uensdey sharafini himoya qilayotgan Sem Xatchinson.

Ha, bu futbolchi 2010 yildan so'ng CHelsidan Vitessga yuborilgan 19 nafar o'yinchilardan biri edi. Aynan o'sha yili arnemliklar klubini Roman Abramovichning do'sti, gruziyalik biznesmen Merab Jordaniya sotib olgandi. SHu tariqa Vitess erediviziyadagi xorijiy sarmoyadorlarga tegishli dastlabki jamoaga aylandi. 2013 yili Jordaniya klubni rossiyalik kasbdoshi Aleksandr CHigirinskiyga sotib yubordi. Vitessdagi vaziyat boshqa jamoa­lar muxlislariga maqbul bo'lmadi. Ular erediviziyaning keksa azosini CHelsi-B deb atay boshladilar. Biroq norozi kayfiyatdagilar doirasi shu bilan cheklanib qolmadi - jamoaga 2001|2002 yillar mavsumida ustozlik qilgan Ronald Kuman ham xafa: Aftidan, muxlislarning klubga yaqinligi yo'qolib qoldi. CHunki har mavsumda yangi jamoa maydonga tushadi, chempionat yakunida aksariyat yosh o'yinchilar CHelsiga qaytib ketishadi. Bunday vaziyatda o'z uslubiga ega bo'lgan ahil jamoani, jamoaviy ruhni shakllantirishning iloji yo'q. Mening davrimda Vitessning har bir o'yiniga hech bo'lmaganda 25000 muxlis kelardi. Hozir esa Ayaks, PSV yoki Feyenoord kabi grandlarga qarshi bellashuvlar ham ko'pi bilan 20000 muxlisni arang to'playdi. Kumanni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar ham anchagina. Bazan kelgindi futbolchilarni ko'rgimiz kelmay qoladigan hollar ham bo'lib turadi. Ko'p narsa bizga Londondan qaysi o'yinchilarni jo'natishlariga bog'liq. Har qaysi murabbiy qarorni mustaqil ravishda o'zi qabul qilishi takidlansada, biz bunday hisoblamaymiz. Qiziq, ushbu ovoragarchiliklardan CHelsi qanday manfaat ko'rishi mumkin? Ko'klar bizdan bor-yo'g'i bir futbolchini, 2013 yili Marko Van Ginkelni xarid qilishdi. Mazkur kelishuvning ular uchun muhim ekaniga ishonmayman, - deydi Vitessning 27 yillik muxlisi Olaf.

Arnemlik yana bir muxlis - Villemning aytishicha, ularda CHelsiga nisbatan hech qanday etiroz yo'q, muxlislarni klub bilan uning sohibi o'rtasidagi munosabat qoniqtirmayapti. Rossiyalik biznesmen doimo safarlar bilan band bo'lgani uchun Vitessning o'yinlariga tashrif buyura olmaydi. Avvallari bunday emasdi - sohib doimo jamoa bilan hamnafas, muxlislar bilan yaqin aloqada bo'lardi.

Takidlash joizki, bu ikki klub o'rtasidagi kelishuv Gollandiya FA tomonidan maqullangandi. Nahotki, u Vitessdek ko'hna jamoaning o'z tarixi va boy ananalaridan ayrilishiga sababchi bo'lsa?

Gollandiya Gollivudi

Badavlat oligarxlar o'rtasidagi nozik o'yinlar qanday oqibatlarga olib kelganini his etish uchun ko'rguliklarga boshqalardan ko'ra ko'proq duchor bo'lgan muxlislarga etibor qaratish lozim. Ochig'ini aytganda, Gelredomning doimiy mehmonlari shonli zafarlarga odatlanishmagan: 1915 yildan buyon Vitess atigi bir marta chempionatda etakchi uchlikdan o'zib keta olgan. 80-yillarda esa, hatto, 2-divizionga tushib ketgan. Aynan o'sha omadsiz yillar jamoani Reyndagi Gollivud laqabi bilan siylashgan. To'g'ri, 90-yillarda vaziyat ijobiy tomonga o'zgara boshladi: Deyan Kurovich, Sander Vesterfeld va akademiyadan chiqqan yulduz - Roy Makayning say-harakatlari bilan jamoa UEFA kubogi musobaqasiga yo'llanma oldi.

Muvaffaqiyatdan ruhlangan Vitess yanada balandroq cho'qqilarni ko'zlay boshladi, 2000|2001 yillar mavsumida sovrindorlar uchligidan joy oldi. Jamoaga taklif etilgan Ronald Kumanga tarkibni kuchaytirish uchun 10 mln. funt mablag' ajratildi. Biroq afsuski, natija hafsalani pir qildi: jamoa 6-pog'onaga tushib ketdi, sarflangan xarajatlar naf bermay, boshi berk ko'chaga sudradi. Jordaniya klubni xarid qilgan 2010 yilda Vitess o'ta og'ir moliyaviy holatga tushib qolgandi.

Vitess - erediviziyaning ko'hna azosi. So'nggi 15 yil ichida o'ta nochor holga tushib qoldi. Jamoa tasarrufini o'z qo'liga olgan xorijiy sohibning pul va CHelsi bilan aloqa o'rnatishga vada berganligi o'sha paytda to'g'ri qarordek tuyulardi, - deydi 40 yildan beri Vitessga muxlislik qiladigan Nils.

Arnem 150000ga yaqin aholisi bo'lgan kamtarin shahar bo'lsada, mahalliy muxlislarning shijoati butun mamlakatga mashhur. 70-yillarda jamoa muxlislari soni 10000 kishidan oshmasdi. Keyin biz katta stadion qurdik. Kuman murabbiylik qilgan davrda muxlislar tashrifi 20000dan kam bo'lmasdi. Hozir ularning soni 16000dan oshmaydi. SHu sababli stadion bo'm-bo'shdek ko'rinadi. Go'yoki, jamoa o'z muxlislarini yo'qotib qo'ygandek tuyuladi, - deya hikoyasini davom ettiradi Nils. O'z vaqtida fan-klub direktori bo'lgan 41 yoshli Stefning takidlashicha, hatto jamoa g'alaba qozongan o'yinlarda ham stadion to'lgan emas. 2002-2010 yillar oralig'idagi davr juda og'ir kechib, jamoa yo'q bo'lib ketish xavfi ostida qolgandi. Bu yil Vitess safiga Londondan 5 nafar yosh iqtidor sohiblari qo'shilishdi: Domonik Solanke va Izzi Braun (yoshlar jamoalari o'rtasida Angliya kubogi sohibi), 20 yoshli Lyuis Beyker, braziliyalik Natan va serbiyalik Danilo Pantich. Beyker bilan Solanke muntazam ravishda maydonga tushishdi, Braun va Natan esa ko'proq zaxira o'rindig'ini band etishdi.

Vitessning muxlislari esa bosh­qa jamoalar fanatlarining kinoyalariga ko'nikib qolishgan. Ularning arnemliklar ustidan CHelsi-2 deya kalaka qilishlari hozirda hech kimning nafratini qo'zg'atmaydi. To'g'ri, ular bizni hasadgo'ylik bilan CHelsi-2 deb atashadi. Biz esa bunga javoban Xo'p, biz CHelsi-2miz, siz o'zingiz kimsiz?, deya javob qaytaramiz, - deydi yana bir muxlis.

Ijobiy o'zgarishlar sari

2010 yili Vitessni saqlab qolishga bel bog'lagan Jordaniya 10 kun ichida jamoaga 8 nafar yangi futbolchini jalb etdi. Ularning 3 nafari CHelsi vakillari edi, jumladan, Nemanya Matich ham. Avvaliga bizga kuchli futbolchilarni yuborishadi, deb o'ylagandik. Lekin Angliyadan asosan yoshlar kelishardi. SHu sababli doimo saviyali o'yinchilarga ehtiyoj sezilardi, biz yangi iqtidorlarni sabrsizlik bilan kutardik. Endi bunday muammolarga chek qo'yildi, - deydi Stef.

Darhaqiqat, avvallari Vitess Londondan qaysi futbolchilarni Arnemga jo'natishlariga tasir ko'rsata olmasdi. CHelsi texnik direktori Maykl Emenalo bilan mustahkam aloqa o'rnatilgach, hamkorlik yaxshi samara bera boshladi. Qaysi poziciyalarni kuchaytirish borasida Maykl bilan maslahatlashgan holda ish yuritadigan bo'ldim. Skautlarimiz ijaraga olinadigan o'yinchilar imkoniyatlari bilan tanishib chiqadigan bo'lishdi. Qaysidir futbolchining faoliyatiga etirozlar paydo bo'lsa, londonliklar bilan hamkorlikda muhokama qiladigan bo'ldik, - deydi Vitessga 2013-2015 yillarda murabbiylik qilgan Peter Bosz. Darhaqiqat, bu murabbiy o'z ishonchini oqlamagan futbolchini zaxira o'rindig'iga yo'llashdan cho'chimasdi. Londondagilar uning har bir qarorini xayrixohlik bilan qabul qiladigan bo'lishdi. SHuni ham takidlash joizki, CHelsining ijaradagi vakillari ham Vitessdagi faoliyatlariga jiddiy etibor beradigan bo'lishdi. Lekin mazkur ijobiy o'zgarishlar vaqti kelib yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Deylik, Vitess yuksak natijalarni qayd etish orqali EL musobaqasiga yo'llanma olgudek bo'lsa, ijaraga olingan futbolchilar masalasini zudlik bilan hal qilish zarurati tug'iladi. CHunki tarkibning 50 foizi mavsum oxirida Londonga qaytib ketadi. Oqibatda arnemliklar xalqa­ro musobaqalarda o'yinchilar etishmovchiligiga duch keladilar. Ammo tarkibdagi doimiy rotaciya Boszni xavotirga solmayapti. Uning aytishicha, bunday vaziyat Gollandiyaning aksariyat jamoalari uchun odatiy hol. Muhimi, Vitessning saviyasi tobora oshib bormoqda, bunda CHelsi bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik muhim o'rin tutadi. Endi ijaraga olinayotgan futbolchilarning Gollandiyadagi faoliyatini o'zgartirish zaruriyati yuzaga keldi. Legionerlar hech bo'lmaganda ikki mavsum to'p surishsa, o'yinchilar etishmovchiligi o'z-o'zidan yo'q bo'ladi.

Bundan tashqari, mablag' yo'qligi tufayli deyarli to'xtab qolgan klub akademiyasi ham ancha jonlandi. O'tgan mavsum akademiya tarbiyalanuvchisi Kevin Diks, CHelsidan kelgan Uollasni tarkibdan siqib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Demak, Vitess tiklanish yo'lidan bormoqda. Hatto CHigirinskiy qanday kayfiyatda bo'lishi ham uni xavotirga solmayapti: Qachondir sohibning klubga bo'lgan qiziqishi so'nishi mumkin. Bu jamoa­ning saviyasiga, turnir jadvalidagi mavqeiga tasir etishi aniq. Lekin Vitess Vitessligicha qolaveradi. CHunki uning sadoqatli muxlislari bor!, - deya Stef hikoyasini yakunladi. Umid qilamizki, uning taxminlari sarobga aylanmaydi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика