So’nggi yangiliklar

23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  8 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0

Zoran Mamich: "Omadimiz kelgani uchun "Bunyodkor"ni yutdik" Yangiliklar

Zoran Mamich: "Omadimiz kelgani uchun "Bunyodkor"ni yutdik"

Teglar :  BunyodkorAl Ayn
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Ayn" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

Unga o'yining eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon hamrohlik qildi.

- Avvalo g'alaba qozongan jamoani, yani "Al Ayn"ni tabriklayman. Bugun biz himoyada juda yomon o'ynadik. Omadimiz keldi deb aytaman. Ollohga shukur, Umarga shukur. Bugun 3 ochko oldik. O'yin boshida "Bunyodkor"dan agressiv o'ynashini kutgandik. Biz tezkor gol urib oldik. Afsuski g'alati o'yin ko'rsatdik, bu futbolni qanday atashni ham bilmayman. Agarda guruhdan chiqish maqsadimiz bo'lsa bunday o'ynamasligimiz kerak. Ammo bir narsani tushunish kerak, bu futbol. O'tgan o'yinda biz juda yaxshi o'ynab 1 ochko olgandik. Bugun omad tufayli uch ochko olishga erishdik, - deydi Zoran Mamich.

- Yaratganga shukurki bugungi o'yinda g'alaba qozongandik, himoyada xatolar yo'l qo'ydik. Keyingi bahslarda yaxshiroq o'ynashimiz kerak, - deydi Umar Abdulrahmon. 


- Jamoaingiz bitta golni o'yindan kiritdi, "Bunyodkor" esa ikkita golni o'yindan urdi. Sizda qoniqmaslik hissi bormi?

- Har qanday gol bu gol. Bugun natijadan qoniqdim eng asosiysi shu. Nima uchun standartdan urilgan golga xursand bo'lmasligim kerak.


- Danilo Asprilya nima uchun zaxirada qoldi?

- Ikki uch kun oldin mashg'ulotlarga qaytdi. SHu bois hali to'liq formada emas.


- Kecha "Bunyodkor"ning eng kuchli va kuchsiz tomonlarini o'yindan keyin aytaman degandingiz.

- Raqibning kuchli tomoni bu hujum chizig'i. SHomurodov va Hamdamov juda kuchli futbolchilar.


- Yaqinda BAA pro ligasi futbolchilarning soch turmaklari etikaga to'g'ri kelmaydi deb xabar tarqatdi. Ular orasida Umar Abdulrahmon ham bor edi.

Umar Abdulrahmon: - Yo'q bu borada muammo yo'q. 15 yoshimdan buyon shunday soch turmagim shunday. Bunday taqiq qo'yilmadi.


- "Al Ayn" Toshkentda "Paxtakor"ni, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ni yutdi. Toshkent siz uchun omadli shaharmi?

Umar Abdulrahmon: - Albatta. SHunday desak bo'ladi. Toshkentga keyingi safar kelganimda ham yutaverishini istayman.


- O'tgan yil "Al Ayn" OCHL finalida yutqazgandi. Ammo shunga qaramay rahbariyat murabbiyni almashtirdi. Bu sizga bosim yuklamaydimi?

- Jamoa o'tgan yil finalga chiqib yutqazgani yaxshi natija deb hisoblayman. O'sha bahsdan oldin 5 nafar futbolchi maydonga tushmagandi. Biz bu yil ham OCHL finaliga chiqishni istaymiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика