So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Zominga yangi bosh murabbiy tayinlandi Yangiliklar

Zominga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Teglar :  ZominPRO-liga
Pro-liga ishtirokchisi bo'lgan Zomin ayni damda chempionatga o'z qarorgohida tayyorgarlik ko'rmoqda.

Futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. O'tgan yili Jizzax viloyatining boshqa bir jamoasi «G'allakor»ni boshqargan Zoir Hasanov endilikda «Zomin» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Bungacha jamoa menejeri sifatida ishlab kelgan, Asqar Umarov ham klub tizimida qoldi va u endilikda asosan tashkiliy ishlar bilan shug'ullanadi. OFK instruktori sifatida murabbiylik kurslarida ishtirok etib ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Hasanov kecha yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Unga murabbiylar shtabida Berdiyor Mamirov yordam beradigan bo'ldi.

 «So'g'diyona», «Qo'qon-1912» hamda «Obod» singari jamoalardagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Sardor Qahhorov ham «Zomin» o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. Yangi bosh murabbiy qo'li ostiga o'tgan «Zomin» ertaga Muborakning «Mashal» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика