So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  0 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

"Zomin" bosh murabbiyi Asqar Umarov: “Pro-ligaga chempion sifatida yo'l olmoqchimiz” Yangiliklar

"Zomin" bosh murabbiyi Asqar Umarov: “Pro-ligaga chempion sifatida yo'l olmoqchimiz”

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Birinchi ligada ham mavsum o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Peshqadam “Zomin” turdan-turga Pro-liga sari dadil qadam tashlamoqda. 16-turda klub o'z maydonida “G'ijduvon”ni qabul qilib, juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Jamoaning bugungi kundagi kayfiyati, moliyaviy jihati borasida bosh murabbiy Asqar Umarovning fikrlariga quloq soldik.

- “G'ijduvon” bilan juda muhim o'yin edi”, - deya so'z boshladi Umarov. Mavsum davomida qilgan mehnatlarimizning samarasini ko'rsatishimiz lozim edi. To'g'risi, o'yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechdi. Raqib ham juda yaxshi shakllangan va o'yin mobaynida bir nechta qulay vaziyatlarga ega bo'ldi. G'alabaga ishtiyoqimiz yuqori ekanligi sababli, muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Nazaringizda, bu yilgi Birinchi liga bahslari qanday kechmoqda?

- O'yinlar juda qizg'in kechmoqda. Raqobatbardosh jamoalar soni oshgan va turdan-turga qiziqarli bellashuvlar soni ortgan. Bu esa ligaga bo'lgan qiziqishni oshirmasdan qolmaydi. “Zomin” peshqadam sifatida turnir jadvalini boshqarayotgan bo'lsa-da, hech bir o'yinda osonlikcha g'alabani qo'lga kiritmayapti. SHu o'rinda aytish kerak, “Zomin” Pro-ligaga chempion sifatida yo'l olmoqchi. Ortimizdan “Navbahor-Farm” izma-iz taqib qilmoqda. “G'ijduvon” va “Neftgazmontaj” ham yaxshi ishtirok etib, bizga qarshilik ko'rsatishi mumkin.

- Bugungi kunda jamoaning moliyaviy holati qanday?

- Hammasi joyida. Maosh va mukofat pullari berib borilmoqda. Rahbariyat futbolchilarni moliyaviy tomonlama rag'batlantirmoqda. Qisqasi, aytarli muammo yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика