So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

"Zomin" 10 kishi bo'lib safarda "Nurafshon"ni qay tariqa mag'lub etdi? (to'liq sharh) Yangiliklar

"Zomin" 10 kishi bo'lib safarda "Nurafshon"ni qay tariqa mag'lub etdi? (to'liq sharh)

Teglar :  NurafshonZomin
Bugun O'zbekiston Pro-ligasining 22-turi doirasida "Nurafshon" - "Zomin" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mehmonlar 1:2 hisobida g'alabaga erishishdi. Takidlash kerakki, ilk mavsumida 1-pog'onada ketayotgan "Nurafshon" o'z maydonida Pro-ligada ilk marta mag'lubiyatga uchradi. Xo'sh, bu qay tariqa ro'y berdi?

Aslida o'yin mezbonlar uchun yaxshi boshlangandi. 6-daqiqadayoq Ruslan Veklich chiroyli kombinaciyani golga aylantirishni uddaladi. Umuman olganda, ilk bo'lim "Nurafshon"ning to'liq ustunligida o'tdi. "Zomin" hujumga o'ta olmadi va xavfli vaziyatlar ham yaratmadi.

28-daqiqada o'yinning kulminacion nuqtasi kuzatildi. Bu vaziyatda "Zomin" posboni Javohir Komilov raqib hujumchisi Oripxo'ja Abduxoliqovni yiqitdi. Bosh hakam Olim tolibjonov buni "so'nggi umid foli" deb baholadi va posbonga qizil kartochka berdi. Bu esa "Nurafshon" uchun qulayliklar keltirib chiqishi kutilgandi. Biroq vaziyatlar boshqacha yakun topdi.


1-taymning 39-daqiqasida "yo'lbars"lar tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Bu pallada Ruslan Veklich raqibning ikki himoyachisini ortda qoldirdi. SHu orqali "Nurafshon"ning ikki futbolchisi darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi. Ammo vaziyatga himoyachi aralashdi va havf bartaraf qilindi.

2-bo'limda to'liq ustunlik bir tomonda bo'lgani yo'q. Ammo raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Zomin" taktik tomondan juda tartibli o'ynadi, jamoa juda zich himoyalandi va qarshi hujumlar anchagina xavfli chiqdi. 56-daqiqada "Zomin" tezkor hujumga o'tdi. To'pni himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishdi. Burchakdan uzatilgan to'pni SHohjahon Abbosov darvozaga joylab qo'ydi, 1:1.

SHundan keyin "Nurafshon" anchagina pala-partishlikni ko'rsatdi. Vohid Xolboev tarkibda o'zgarishlar qilib, vaziyatni o'z tomoniga og'dirmoqchi bo'ldi. Biroq raqibning tartibli himoyasi bunga yo'l bermadi.

86-daqiqada esa barchasiga nuqta qo'yildi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni raqib jarima maydonchasi ichida SHohjahon Abbosov to'xtatdi, to'p erga tushdi, futbolchi anchagina o'ylab zarba berdi. GOL! Raqib himoyachilaridan birortasi ham hujumchiga qarshilik qilmadi (yoki bunday qilishni istamadi). SHu orqali "Nurafshon" bu mavsum Pro-ligada o'z maydonidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Garchi Pro-ligada peshqadamlik qilayotgan bo'lsa-da, "Nurafshon"ning moliyaviy holatiga havas qilib bo'lmaydi. Bu borada sizlarga xabar bergandik. Balki shu sababli jamoa kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib olgandir.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin ham "Nurafshon" Pro-ligadagi etakchiligini saqlab qolishdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика