So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Zoir To'raqulov: "SHo'rtan"ga jamoa uchun jonini berib o'ynaydigan futbolchilar etishmayapti" Yangiliklar

Zoir To'raqulov: "SHo'rtan"ga jamoa uchun jonini berib o'ynaydigan futbolchilar etishmayapti"

Oliy liganing 4-tur doirasidagi "SHo'rtan" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Zoir To'raqulov bazi shogirdlarini keskin tanqid ostiga oldi.


"Futbolda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish lozim. Bugun biz yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Sardor Rasulov agarda birinchi yaratilgan vaziyatdan gol ura olganida o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. Jamoamizda barcha futbolchilar birdek ter to'kmayapti. Futbolda 10 ta futbolchi o'ynasayu, bittasi bo'lsa ham o'ynagisi kelmasa, unda jamoaga juda qiyin bo'ladi. Bizda bazi futbolchilar jamoa uchun kuyib o'ynamayapti. O'yin jihatidan olib qaraganda, "Bunyodkor" bilan o'ynasa bo'ladi. Gol urishda oqsadik. "Bunyodkor" ikkichni taymda sodir etgan yagona vaziyatidan naf chiqardi va g'alabani qo'lga kiritdi. "Bunyodkor"ni kamsitmoqchi emasman, ular tajribali jamoa. Raqib jamoa bizdan ko'ra tezkor futbol o'ynadi va bu jihat o'yinga o'z tasirini ko'rsatdi. Zaxira o'rindig'idan to'liq foydalanmaganimning sababi, yoshlar maydonga tushishga tayyor emaslar. CHunki bitta futbolchimiz qizil kartochka olgandi. Safimizdagi ikkita o'yinchimizni universiadaga olib ketishgan. O'yinga tayyor bo'lmagan futbolchilarni maydonga qo'ymadim. Ular hali katta futbolga tayyor emaslar. Yoshlar jamoasida o'ynay olmayotgan futbolchini asosiy tarkibda o'ynatishdan qo'yishdan ne naf? Jamoamiz futbol o'ynamoqda. Harakat bor. Ammo jamoaga nimadir bo'lgan? Jamoada ruhiy tomonlama bosim sezilmoqda. Uchta o'yindagi nol ochko va to'rtinchi bellashuvdagi mag'lubiyat jamoaga tasir ko'rsatdi. Jamoa bilan o'yinlarni tahlil qilamiz, kerakli xulosalarni chiqaramiz. Agarda bazi futbolchilar o'ynagisi kelmasa, unda yoshlar tarkibidan o'ynashni istagan futbolchilarni tanlab olamiz. SHunday futbolchilar borki, yil boshida shartnomaga imzo chekadi va maoshni olib, shunchaki yuradi. Bu kabi futbolchilardan voz kechish kerak. Jamoaga jonini beradigan, 90 daqiqa tinmay mehnat qiladigan, futbol o'ynaydigan futbolchilarni olish kerak. O'shandagina nimadirga erishsa bo'ladi. SHunchaki nomiga futbol o'ynab yuradigan o'yinchilar bizga kerak emas. Ayni paytda "SHo'rtan"da ham shunday 4-5 futbolchilar topiladi. Jamoamizga yangi olingan futbolchilar muhitni buzgan. Bu narsa o'z tasirini o'tkazmoqda", - deydi Zoir To'raqulov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика