Zoir To'raqulov: “Moliyaviy muammolar sababli qiynalib qoldik” Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Moliyaviy muammolar sababli qiynalib qoldik”

"Paxtakor" - "SHo'rtan" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lim mehmonlarning katta murabbiyi Zoir To'raqulov ishtirok etdi.
Zoir To'raqulov: "Jamoaga mavsum yarmida bosh murabbiy bo'lgandim, 5-6 oy ichida yaxshi jamoani shakllantirib bo'lmaydi. Davralar oralig'ida safimizni 10 nafar futbolchi tark etdi, ularni o'rnini munosib futbolchilar bilan to'ldira olmadik. Bunga moliyaviy muammolar sabab bo'ldi. Agar keyingi yil rahbariyat menga ishonishda davom etsa tartib intizomga rioya qiladigan futbolchilaridan jamoa tuzib, yaxshi jamoa shakllantirishga intilaman. Buning uchun rahbariyat menga ishonch bildirishi kerak. O'z safimizga chorlagan futbolchilarga masalan "Nasaf" yoki "Bunyodkor" kabi klublar ham qiziqishsa tabiiyki futbolchilar o'sha klublarni tanlashadi. Hujumda faqat Pavel Solomin qoldi, unga raqobatchi ham, sherik ham yo'q. Futbolchiga raqobatchi bo'lmasa uning rivojlanishi qiyin bo'ladi".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика