Zoir Mirzaev "Nasaf"ni qo'llab-quvvatlamoqchi. Jamoaga legionerlar kelishi aniq bo'ldi
12 jan 2020 11:39
Yangiliklar
Zoir Mirzaev "Nasaf"ni qo'llab-quvvatlamoqchi. Jamoaga legionerlar kelishi aniq bo'ldi
Bo'layotgan ishlardan havotirga tushgan jamoa ishqibozlari keyinchalik Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaevning qabulida bo'lib, "Nasaf" ni qo'llab -quvvatlashni so'rashgan edi.
Muxlislarning murojaatidan bir kun o'tib, viloyat hokimi "Nasaf" bosh murabbiyi va bosh homiy "SHo'rtan gaz kimyo majmuasi" rahbari bilan uchrashdi.
"Nasaf" fan klubi azosi Maqsud Suvonovning championat.asia saytiga malum qilishicha viloyat hokimi Zoir Mirzaev ishqibozlarnig o'rinli murojaatini erda qoldirmagan. Saytimizning viloyatdagi muhbiri Nomoz CHorievning aytishicha, endilikda "Nasaf" o'z tarkibini shakllantirish maqsadida legioner futbolchilarni jamoaga taklif etishni boshlaydi. Ishonchli manbaaning xabariga ko'ra, ayni paytda "Nasaf" rahbariyati maydon markaziga, o'ng qanot hujumiga va himoya chizig'iga jami 4 nafar legioner futbolchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan legionerlar "Nasaf"ga Turkiyadagi yig'ininga jo'nab ketishidan avval kelib qo'shilishadi.
Eslatib o'tamiz, qarshiliklar 5 fevraldan 18 fevralgacha Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borishadi.
Fikrlar