So’nggi yangiliklar

21:44АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4

Zohir Qo'ziboev: "Terma jamoada bosim juda katta va og'ir" Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: "Terma jamoada bosim juda katta va og'ir"

O'zbekiston Milliy terma jamoasi kecha Yaponiyadan O'zbekistonga qaytib keldi. Janubiy Koreya (1:1) va Yaponiya (1:5)ga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan vakillarimiz yana klublariga qo'shildi.
Milliy terma jamoadan ilk marta chaqruv olgan "Mashal" klubi hujumchisi Zohir Qo'ziboev har ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Birinchi o'yinda 60 daqiqa harakat qilgan hujumchi bitta gol muallifiga aylangan bo'lsa, ikkichi bahsda 30 daqiqa harakat qildi. Futbolchi  championat.asia saytiga dastlabiki o'yini borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Terma jamoa libosini kiyishni har bir futbolchi orzu qiladi.  Klub bilan terma jamoa orasida juda katta farq bor. U erda bosim juda katta va og'ir bo'ladi. Birinchi o'yinimdan qoniqmadim. Albatta, hayajon bo'ldi va bazi vaziyatlarda bu menga pand berdi. Muhit ajoyib ! Hamma bir birini qo'llab turadi. Ikkita juda kuchli terma jamoada qarshi o'ynadik. Men terma jamoada ko'proq gollar urishni istayman va buning uchun qanchalik ko'p mehnat qilish kerakligini bitta o'yindan tushundim" , - deydi Zohir Qo'ziboev.

- Bir yil oldin Oliy ligada debyut qilgan futbolchi , bir yildan so'ng terma jamoa libosini kiyishi bu albatta har bir futbolchini orzusi bo'lsa kerak ?

Albatta, o'tgan mavsum ko'rsatgan o'yinlarimdan ko'nglim to'lmadi deya olmayman. Birinchi navbatda o'tgan mavsum menga o'ynash uchun imkon bergan murabbiyimiz Aleksandr Xomyakovga alohida minnatdorchilik bildiraman. "Mashal" klubining ishonchi orqali terma jamoada gol urganimdan faxrlanaman. Bunda klubning o'rni juda ham ahamiyatli bo'ldi. Xomyakovni ishonchini men oqlashim kerak. Bitta o'yin va gol bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Yaponiyadagi va Janubiy Koreyadagi muhitda birinchi marta harakat qildim. Xatolar keyingi safar takroklanmaslik kerak. Endi bor etiborni chempionatga qaratib o'z o'yinimni ko'rsatsam albatta yana terma jamoaga chaqirilishimga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика