Zohir Qo'ziboev milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi
06 mar 2015 17:07
Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi
"Mashal" klubi hujumchisi Zohir Qo'ziboev birinchi marta O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga jalb etildi.
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa 23 mart kuni Toshkentda yig'inni boshlaydi. Bu yig'in davomida terma jamoamiz Janubiy Koreyada va Yaponiyada ikkita nazorat o'yinini o'tkazadi.
29 yoshli hujumchi uchun bu O'zbekiston terma jamoasiga ilk chaqiruv hisoblanadi. O'tgan mavsum Aleksandr Xomyakov qo'l ostida Oliy ligada debyut mavsumini o'tkazgan Qo'ziboev 14 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar