So’nggi yangiliklar

08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  2 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  5 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  86 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4

Zohir Qo'ziboev: "Maqsadimiz - PFL Kubogini yutish" Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: "Maqsadimiz - PFL Kubogini yutish"

O'tgan yili birinchi ligada "Mashal" safida porlab chiqqan Zohir Qo'ziboev to'purarlik mahorati evaziga ko'pchilikni tiliga tushdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
28 yoshli hujumchi bu yil oliy ligada debyut mavsumini o'tkazishga yaqin turibdi. Qo'ziboev "PFL Kubogi"da ham raqib himoyachilariga jiddiy tashvish tug'dira olmoqda. SHu bois undan saytimiz uchun intervyu oldik.

- Bugun yarim finalda jamoangiz "Olmaliq" yoshlarini mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Avvalo mazkur poyoniga etgan bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- O'yin qiziqarli ruhda kechdi. Garchi raqib jamoa tarkibida asosan yoshlar o'ynagan bo'lishiga qaramay, bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishga urindi. Lekin baribir uchrashuvda tajriba o'z so'zini aytdi. Har bir bo'limda bittadan gol kiritib, yakunda final yo'lanmasini qo'lga kiritdik.

- Finalga etib kelishinglarni nima bilan bog'lagan bo'lardingiz? "Mashal" haqiqatdan ham kuchlimi yoki boshqa klublar kuchsiz o'yin ko'rsatyaptimi?
- Bunga o'z mehnatimiz bilan erishganimizni alohida takidlagan bo'lardim. Har bir o'yin oson bo'lmadi. Oldimizga qo'yilgan vazifa ham finalga chiqish edi. Guvohi bo'lganingizdek buni uddaladik. O'ylaymanki boshqa ishtirokchilarh ham u qadar kuchsiz emas. Bilasizmi bizda ahil bir jamoa shakllangan. Aynan mana shu omil, muvaffaqiyatlarimizning kalitidir.

- CHempionat startiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Jamoangizning tayyorgarligi haqida nima deysiz?
- Menimcha hammasi murabbiylarimizning ish rejasi bo'yicha ketmoqda. SHu kungacha bir nechta yig'in tashkil etildi. Ko'plab sinov-nazorat bahslarida ishtirok etdik. Rasmiy o'yinlar boshlanishiga qadar yana ham yuqori sport formasiga kirib boramiz deb o'ylayman.

- Bu yil tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta mahoratli o'yinchilar tarkibga jalb etildi. O'tgan mavsum "Mashal"ning asosiy figuralaridan biri bo'lgan Zohir Qo'ziboev joriy yil ham o'zini asosiy tarkibda ko'ryaptimi?
- Ha, yig'inlar davomida yangi o'yinchilar kelib qo'shildi. Bu albatta raqobatni oshishiga xizmat qiladi deb o'ylayman. Asosiy tarkibdagi joyga keladigan bo'lsak, bu haqda bir nima deyish qiyin. Murabbiy kim tayyor bo'lsa, o'sha futbolchini o'ynatadi.

- Adashmasak, bu yil oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazasiz. Hujumchi sifatida nechta gol urishni maqsad qilyapsiz?
- Garchi elitada birinchi mavsumimni o'tkazsamda, imkon qadar bu erda ham ko'proq gol urib "Mashal"ga foyda keltirishni istayman. Boshqacha aytganda bu yil ham to'purarlar ro'yxatida yurish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика