So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  1 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov "Navbahor"da Yangiliklar

Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov "Navbahor"da

Teglar :  Navbahor
"Navbahor"ning Toshkentda o'tkazilayotgan yig'ini davom etmoqda.

Kecha jamoa safiga to'rt nafar yoshlar jamoasi azolarini qo'shildi: Yunusbek Abduvohidov, Akmal Turg'unboev, Abbos G'ulomov va Muzaffar Abdullaev. Ushbu futbolchilar kecha asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

Jamoanig Toshkentdagi vaqtinchalik qarorgohiga kecha Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov kabi futbolchilar etib kelishdi. Ushbu futbolchilar jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bilan suhbatda bo'lib, ayrim masalalarda o'zaro kelishuvga erishishdi. Bugun har ikki futbolchi ham mashg'ulotlarga qo'shiladi. 

Yodingizda bo'lsa Zohir Pirimov o'tgan yilgi mavsum avvalida ham jamoa mashg'ulotlarida qatnashgandi. Lekin, chempionat boshlanishidan oldin "Buxoro" klubiga o'tib ketgandi. Azamat Allaniyozov esa 2017 yilgi mavsumni "Qizilqum"da boshlab davralar oralig'ida "Buxoro" jamoasiga ko'chib o'tgandi.

Toshkentdagi yig'in davomida to'rtta nazorat o'yini o'tkazilishi haqida malumot bergandik. Dastlabki uchrashuv 11 yanvar kuni "Oq-tepa" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Mazkur o'yin "Oq-tepa" o'yingohida soat 15:00 da boshlanadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика