So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Zohir Pirimov: "Harakter ko'rsata oldik" Yangiliklar

Zohir Pirimov: "Harakter ko'rsata oldik"

"Buxoro" jamoasi Coca Cola Superliga 4-turiga kelib mavsumdagi ilk ochkosini ishladi.

"Buxoro" jamoasi bugun malum sabablarga ko'ra "Andijon"ni Muborakdagi "Bahrom Vafoev" stadionida qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda so'ngi daqiqalarda urilgan gol buxoroliklarga bir ochko olib keldi. Bellashuvdan so'ng esa zahiradan maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qo'limizdan kelgancha qisqa fursat mobaynida "Andijon" bilan o'yinga hozirlik ko'rdik. Jamoadoshlarim ilk daqiqalardan yomon harakat qilishmadi. Murabbiyimiz aytganidek keraksiz penalti barchasini o'zgartirib yubordi. Natijada hujumga o'tdik va o'yinimizni o'zgartirdik. Lekin, yana penaltidan gol o'tkazib yubordik. Hech bo'lmasa bir ochko ishladik. Mag'lubiyatga uchramadik. 

Jismoniy tomondan rosti qiynaldik. CHunki, hali etarli darajada tiklanishga ulgurmaganmiz. Keyingi turga qadar tezroq formaga kirib olishga harakat qilamiz. Oxirgacha kurashdik. Futbol hakam hushtagi chalingunigacha o'ynaladi. Umumiy qilib aytganda harakter ko'rsata oldik. Bu bizning kayfiyatimizga ijobiy tasir qiladi degan umiddaman",- deydi Zohir Pirimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика