So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  18 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Zohid Nurmatov: "Vaziyatlardan foydalana olmadik" Yangiliklar

Zohid Nurmatov: "Vaziyatlardan foydalana olmadik"

"Navbahor" va "Olmaliq" o'rtasidagi bahsdan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning diskvalifikaciya muddati yakunlanmagani sababli yordamchi murabbiy Zohid Nurmatov javob qaytardi:
- O'yinga o'zinglar guvoh bo'ldinglar, juda shiddatli tarzda o'tdi. Maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda tushgandik. Gol urish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik. Lekin, vaziyatlardan foydalana olmadik.

- O'ylashimcha, futbolchilarimiz tanaffusdan keyin ham xuddi birinchi bo'limdagi kabi shiddatli ruhda harakat qilishdi. Birinchi bo'limda hisobni ochganimiz sababli yigitlar kuchiga kuch qo'shildi. Tanaffusdan keyin raqib hisobda oldinga chiqib olganligi bois bo'shashmasdan harakat qilib, vaziyatdan chiqib ketishga intildik.

- Raqib o'yini haqida gap ketganda, “Olmaliq” jamoasi bugungi kundagi eng kuchli klublardan biri sanaladi. Jamoa tarkibidan mahoratli futbolchilar joy olishgan. Buning isboti sifatida olmaliqliklarni musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnini keltirib o'tishim mumkin. Joriy chempionatda yuqori pog'onalardan joy olishning o'zi bo'lmayotganini barcha ko'rib turibdi.

- Keyingi uchrashuvlarda “Olmaliq” jamoasiga omad tilab qolaman. Umuman olganda, futbolchilarimiz o'yinni yaxshi boshlashdi. Lekin, tanaffus arafasida o'tkazib yuborilgan gol qaysidir manoda jamoamiz azolariga tasir ko'rsatdi. SHunga qaramay, durangni taminlay oldik. Agar mehmonlar birinchi bo'lim so'nggida gol urmaganida, o'yin boshqacha ruhda o'tgan bo'lardi deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика