Zohid Nurmatov: "Temirdan foydalanmasangiz zanglaydi, futbolchi ham shunday"
28 avg 2014 07:56
Yangiliklar
Zohid Nurmatov: "Temirdan foydalanmasangiz zanglaydi, futbolchi ham shunday"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" murabbiyi Zohid Nurmatov qatnashdi.
- O'yin boshida oson bo'lgani yo'q. Negaki, futbolchilarimizning moslashishlari qiyin kechdi. "Metallurg" yaxshi shakllangan jamoa. Ularning tarkibi bir necha yildan beri o'zgarmay kelmoqda. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilayman. Ushbu g'alabani shahrimiz muxlislariga bag'ishlayman. Qolaversa, bosh murabbiyimiz Baxtiyor Ashurmatovning o'z joyida turib, jamoani boshqarishda davom etishini xohlayman.
O'tgan turda Rijko "Nasaf" bilan bo'lgan o'yinda ham maydonga tushmadi. Legionerimizning kichik jaroxati bor edi. SHuning uchun u to'la tiklanib ulgurmagan. Xudo xohlasa navbatdagi bellashuvlarda xuddi birinchi davradagi singari Rijko yana shijoat bilan harakat qiladi. SHu paytga qadar bir hujumchi bilan o'yin o'tkazib kelayotgandik.
Bugun 2 ta hujumchini maydonga tushirganimiz sababi, SHahboz Erkinov jaroxatini endi davolab, to'la tiklangani yo'q edi. O'yin davomida unga o'yin amaliyoti etishmayotgani ham sezilib turdi. Navbatdagi uchrashuvlarda ham Erkinovga avvalgi xolatini tiklashi uchun imkon berib boramiz. Temirdan foydalanmasangiz zanglaganidek, futbolchi ham xuddi shu kabi o'yin amaliyotini yo'qotadi. Umid qilamizki, SHahboz birinchi davradagi darajasiga yana qaytadi.

Fikrlar