So’nggi yangiliklar

23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  2 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1

Zohid Nurmatov: “Bugun Ashurmatov etishmadi” Yangiliklar

Zohid Nurmatov: “Bugun Ashurmatov etishmadi”

Avvalgi turda olgan qizil kartochkachi tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Baxtiyor Ashurmatovning o'rniga matbuot anjumanida uning yordamchisi ishtirok etdi.

“Bugun shiddatli vodiy derbisini guvohiga aylandik. Biz maydonga raqib jamoani hurmat qilgan holda tushgan edik. Uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yaxshi o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Afsuski himoyadagi qo'pol xatolar evaziga mag'lubiyatga uchradik”, - deydi Zohid Nurmatov.

So'zini davom ettirar ekan, katta murabbiy quyidagilarni qo'shimcha qilib o'tdi:

- ''Andijon'' jamoasi bu yil ancha muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Ular shu kungacha o'z o'yinlarini topib olishga muvaffaq bo'lganliklariga amin bo'ldik. Mag'lubiyatga uchralgandan keyin butun jamoa aybdor bo'ladi. O'yindan keyin bahs yozilgan videoni ko'rib kerakli xulosalar chiqaramiz. Ungacha men hech bir futbolchini ayblashga jurat eta olmayman. Bugun jamoamizga bosh murabbiyimiz Baxtiyor Ashurmatov etishmadi deb o'ylayman. Bosh murabbiy bo'lganida balki muvaffaqiyatga erishgan bo'larmidik?

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика