Zohid Abdullaev qaysi jamoani tanlaydi?
15 jan 2020 11:43
Yangiliklar


Zohid Abdullaev qaysi jamoani tanlaydi?
“Metallurg” tajribali hujumchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Olingan malumotlarga ko'ra, bekobodlik Zohid Abdullaev ayni damda jamoa bilan birga emas. Aftidan bosh murabbiy Andrey SHipilov hujum chizig'iga o'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan 22 yoshli SHahzod Ubaydullaevni olib kelib, Abdullaev bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qilgan ko'rinadi.
36 yoshli Zohid Abdullaevga hozirda Superliganing bir nechta jamoalaridan qiziqish bo'layotgani aytilmoqda. Aniqrog'i “Qo'qon-1912” bilan “Surxon” uning xizmatlariga extiyoj sezmoqda.
Malumot uchun, Abdullaev 2019 yilgi chempionatda 19ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z aktiviga 5ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar