So’nggi yangiliklar

23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  1 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  0 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  67 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5

Zohid Abdullaev "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylanishi mumkin Yangiliklar

Zohid Abdullaev "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylanishi mumkin

“Metallurg” jamoasining sermahsul hujumchisi Zohid Abdullaev yangi rekordini o'rnatishi kutilyapti.

Gap shundaki, u tez orada, ehtimol kelayotgan turdayoq kuchlilar safida kiritgan o'z gollari sonini 100 taga etkazishi mumkin. Bu bilan Zohid Abdullaev “Gennadiy Krasnickiy” klubining 31-azosiga aylanadi. Bugungacha Zohid Abdullaevning O'zbekiston chempionati va Kubogi bahslarida kiritgan jami gollari soni  98 tani tashkil etadi. SHulardan 68 tasini u milliy chempionat o'yinlarida kiritgan.

Zohid Abdullaev Bekobodning “Metallurg” jamoasida 2010 yilgi mavsumdan etiboran to'p surib keladi. Oraliqda ikki mavsum (2013 yili “Nasaf”, 2014 yili “Neftchi”) boshqa jamoalar sharafini himoya etdi. Bekoboddan tashqarida faoliyat yuritish Abdullaevga unchalik yoqmagan. Qarshida u gollari sonini 5 taga oshirgan bo'lsa, Farg'onadan umuman quruq qaytgan. O'zining eng gullagan davrini esa metallurglar shahrida o'tkazgan va hozirgacha mahalliy muxlislar yoqimtoyi bo'lib kelayotgan Zohid Abdullaevga bu yilgi mavsumni ham sermahsul o'tkazishini tilaymiz.

O'z navbatida yana bir malumotni aytib o'tmoqchimiz. Turli yillarda “Metallurg”da ham o'ynagan va 100 lik davondan oshgan futbolchilardan Ulug'bek Mirxoldirshoev (1999 yil), Farid Xabibulin (2003), Muxtor Qurbonov (2005-2006) to'p surishgan va o'z hisoblariga gollar yozib qo'yishgan. Ayni paytda esa 164 ta gol bilan 12-pog'onada borayotgan Server Jeparov bu yildan etiboran bekobodliklar sharafini himoya etayapti. Zohid Abdullaev “Gennaddiy Krasnickiy klubi”ga azo "Metallurg"ning beshinchi futbolchisi bo'ladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика