"Zob Ahan" - "Lokomotiv". O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida
18 fev 2018 11:20
Yangiliklar


"Zob Ahan" - "Lokomotiv". O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida Eronning "Zob Ahan" jamoasi mehmoni bo'ladi.
Kecha "temiryo'lchilar" jamoasi charter reys orqali Eron vaqti bilan soat 20:30da Isfahonga etib keldi. Bugun uchrashuv oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toshkent vaqti bilan soat 12:30da) uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tadi. Soat 12:30da esa dastlab "Lokomotiv", so'ngra "Zob Ahan" jamoalari ustozlari va bir nafardan etakchi futbolchilari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.
Eron vaqt bilan soat 16:00da esa "Lokomotiv" futbolchilari rasmiy mashg'ulot o'tkazishadi.
Takidlab o'tamiz, "Zob Ahan" - "Lokomotiv" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:30da "Fuladshahr" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar