So’nggi yangiliklar

08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  2 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4

"Zob Ahan" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan Yangiliklar

"Zob Ahan" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan

Teglar :  Zob AhanBunyodkor
Ertaga OCHL 4-turidan o'rin olgan "Zob Ahan" va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

"Zob Ahan"
"Zob Ahan" o'z maydonida O'zbekiston klublarini ikki marta mag'lub etgan. 2004 yil "Paxtakor" 1:0, 2010 yil "Bunyodkor" 3:0 hisobida taslim qilingan.

Klub guruh bosqichida 3ta turdan so'ng gol o'tkazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Bundan tashqari "Zob Ahan" futbolchilari 3ta o'yinda umuman sariq kartochka olmagan. Bu borada ham klub birinchi o'rinda.

Gol o'tkazmagan jamoa gol urishda maqtana olmaydi. Mahdi Rajabzoda tomonidan birinchi turda urilgan gol hozircha Eron jamoasi uchun yagona bo'lib turibdi.

Livanlik himoyachi Ali Hammam jarohati tufayli "Bunyodkor"ga qarshi o'ynay olmaydi.

"Zob Ahan" guruh bosqichida "Fulad SHahr" stadionida so'nggi bor maydonga tushadi. Sababi "Al Nassr"ga qarshi bahs Ummon poytaxti Maskat shahridagi "Sulton Qobus" stadionida bo'lib o'tadi.


Ichki chempionat
"Zob Ahan" o'tgan payshanba kuni safarda "Fulad" mehmoni bo'lib 3:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Jamoa 24ta o'yindan so'ng 38 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.

Statistika
Ertaga klub OCHLdagi o'zining 30-uchrashuvini o'tkazadi. Oldingi o'yinlarning 15tasida g'olib chiqqan va 8 marta durang o'ynagan. 6 marta imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati ajoyib -  33:22.

O'z uyidagi statistika quyidagicha: 14ta o'yin, 9 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat. 22ta gol urib 11ta o'tkazib yuborilgan.



"Bunyodkor"
"Qaldirg'ochlar" Eronda 9ta o'yin o'tkazishgan. Natijalar quyidagicha: 3ta yutuq, 2ta durang va 4 mag'lubiyat. O'tgan yil "Persepolis" maydonida 1:2 hisobida yutqazgan.

"Bunyodkor" "Zob Ahan" bilan durang (0:0 ) o'ynab o'zining guruh bosqichidagi g'alabasiz seriyasi 11ta o'yinga etdi. 2014 yil aprel oyida "Al Jayish" 2:1 hisobida taslim qilingandi.

Jamoa guruh bosqichida oxirgi 11ta o'yinda 5ta gol urgan. Ularning 3tasi 1-turda "Al nassr"ga qarshi bahsda urildi. 

Eldor SHomurodov, Rustam Ashurmatov, Aleksandr Alempievich va Otabek SHukurov hisobida bittadan sariq kartochka bor. Ular uchun keyingi ogohlantirish diskvalifikaciyaga sabab bo'ladi.


Ichki chempionat
"Bunyodkor" oliy liganing 3-turida mavsumdagi ilk ochkolarini yo'qotdi. "Mashal"ni qabul qilgan Lushan shogirdlari 0:0 hisobida durang o'ynashdi. "qaldirg'ochlar" uchta turdan so'ng 7 ochko to'plashdi.

Statistika
"Bunyodkor" ertaga Osiyo chempionlar ligasidagi 72-uchrashuvini o'tkazadi. 26 marta g'olib bo'lgan, 20ta uchrashuvda durang o'ynagan va 25 bor yutqazgan. 83 marta raqiblar darvozasiga gol urgan va 85ta gol o'tkazgan. Safarda 36ta o'yinning 10tasida g'alaba qozongan, 11 bor durang o'ynagan va 15 marta yutqazgan. 35ta to'p kiritib 53ta gol o'tkazgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика