So’nggi yangiliklar

18:45Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Хоразм ФА" 2:0 (онлайн ҳисоб)  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  0 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  1 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  5 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   0 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  1 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  2 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  7 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  10 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  9 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  6

Zlatko Dalich. "Al Ayn" bosh murabbiyi haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Zlatko Dalich. "Al Ayn" bosh murabbiyi haqida nimalarni bilamiz?

"Lokomotiv" uchun Osiyo chempionlar ligasi yana yaqinlashmoqda.

"Temiryo'lchilar" ertaga, 22 avgust kuni BAAning Al Ayn shahri tomon yo'l olishadi va 23 avgust sanasida mahalliy "Al Ayn" klubiga qarshi OCHL chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvni o'tkazishadi.

Raqibimiz "Al Ayn" BAAning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Hozirda bu jamoani xorvatiyalik murabbiy Zlatko Dalich boshqarmoqda. Quyida ushbu murabbiy haqida bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.

Zlatko Dalich. 1966 yil, 26 oktyabrda tug'ilgan. U futbolchilik faoliyatida tayanch yarim himoyachisi sifatida to'p surgan. Asosan Xorvatiyaning o'zida o'ynagan. 2000 yildan beri murabbiylik vazifasini bajarib kelmoqda. 2006 yil Xorvatiya U-21 terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.

2008-2009 yillarda Albaniya klubi "Dinamo" (Tirana)ni boshqarib, mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. 2010 yildan esa murabbiyning Osiyodagi "missiyasi" boshlanadi. Avvaliga Saudiya Arabistonining "Al Favysali" klubini qabul qilib olgan mutaxassis tez orada mashhur bo'lib ketadi.

Mavsum oxirida "Al Riyad" gazetasi Zlatko Dalichni "Eng yaxshi murabbiy" deb topadi. Dalich g'oliblik uchun kechgan kurashda Gabriel Kalderon, Valter Zenga, Erik Geretc kabi murabbiylarni olrtda qoldiradi. 2012 yil xorvatiyalik murabbiy "Al Hilol" klubini qabul qiladi. U yangi jamoasi bilan bir qator yutuqlarga erishadi. Hatto 2013 yilning may oyidagi reytingga ko'ra dunyoning eng kuchli murabbiylari orasida 13-o'rinni egallaydi.

2014 yil BAAga ko'chib o'tgan murabbiy bu safar "Al Ayn" bilan shartnoma tuzadi. Va o'sha yilning o'zidayoq "Al Ayn"ni OCHL guruh bosqichida peshqadamga aylantiradi. Bunaqasi klub tarixida 2006 yildan beri yuz bermay kelayotgandi. Zlatko Dalich OCHLdagi ijobiy ishtiroki tufayli 2014 yil yakunlariga ko'ra BAAda ishlayotgan murabbiylar orasida "Eng yaxshi murabbiy" deb topiladi. SHuningdek, ushbu mutaxassis 2015 yil ham "Eng yaxshi murabbiy" deya ikkinchi bor tan olingan.

Zlatko Dalich kelgunga qadar "Al Ayn" jahon klublari reytingda 335-o'rinni egallab kelayotgandi. Lekin ikki yildan kam bo'lmagan vaqt oralig'ida xorvatiyalik klubni yangi cho'qqilar sari ko'tara oldi. Bugungi kunda "Al Ayn" jahon reytingida 122-o'rinda bormoqda va Osiyoning beshta eng kuchli klubidan biri hisoblanadi.

"Al Ayn" ushbu murabbiy qo'l ostida ham mamlakat chempionligi, ham Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan, qolaversa Osiyo chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика