So’nggi yangiliklar

14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  8 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5

Zlatanning maslahatiga quloq solmay, A Seriyada porlayotgan futbolchi Yangiliklar

Zlatanning maslahatiga quloq solmay, A Seriyada porlayotgan futbolchi

Uning ismini eslab qoling.

A Seriya 28-turida "Napoli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, "Milan" turnir jadvalining 1-pog'onasiga chiqib oldi. So'nggi 10 yilni inqirozda o'tkazib, Italiyaning eng yaxshi jamoalari qatoridan chiqib ketgan "rossoneri" uchun bu katta yutuq. Ayni damda Stefano Pioli jamoasi keyingi o'rindagi raqibidan 2 ochko oldinda va 2011 yildan beri erisha olmagan chempionlikka bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

Jamoaning muvaffaqiyatlarida portugaliyalik o'yinchi Rafael Leauning hissasi katta bo'lmoqda. "Milan" uni 2019 yil 30 mln evro evaziga "Lill"dan xarid qilgan, ammo dastlabki ikki yilda hujumchi o'zini namoyon etolmagandi: 13 gol va 9 assist.



Biroq joriy mavsum 22 yoshli Leau va nihoyat porlay boshladi. Bu mavsum uning hisobida 11ta gol ("Milan"dagi eng yaxshi ko'rsatkich) va 6ta golli uzatma bor. Lekin Rafaelning ustun jihati faqatgina gol va paslarda emas. Portugaliyalik nafaqat A Seriya, balki butun Evropadagi eng yorqin hujumkor futbolchilardan biri hisoblanadi. Unda plastika, tezlik, texnika va hatto eng qiyin vaziyatda ham jarima maydonchasida to'pga ega chiqish qobiliyati mujassamlashgan. Axir Italiya chempionatida aldab o'tishlar soni bo'yicha eng yaxshi o'yinchi bo'lishi bejizga emas-ku?! Bundan tashqari, keyingi o'rindagi hamkasbidan deyarli ikki barobar oldinda (Leau — 193, Salemakers — 111).



SHuningdek, Leau haqida yana bir qiziq fakt: u haftaning barcha 7 kunida gol urishga muvaffaq bo'lib ulgurdi (bu borada u "Milan"ning afsonaviy o'yinchisi Andrey SHevchenkodan keyin ikkinchi bo'ldi). Bazilar esa Rafaelni boshqa afsonaviy futbolchiga o'xshatishadi.

"U ayniqsa, faoliyati boshida qanday harakat qilgani tomonidan menga Anrini eslatadi, — deydi Pioli. — Rafael o'z ustida ishlashda davom etishi kerak. U Evropa va hattoki, dunyo miqyosidagi futbolchi bo'la olishi mumkin".

Leauning Italiyadagi dastlabki yillarida o'yini uncha o'xshamadi: u o'yinda yo'qolib qolardi, barqaror emasdi va bu uchun ko'plab tanqidlar ostida qolib ketardi. Rafael o'sishida unga ancha ulg'aygani va mentalitet alishgani yordam berganini takidladi.



"Men nima uchun bu erda ekanimni ko'rsatib qo'ymoqchiman. Jamoa uchun borimni berishga tayyorman. Ancha ulg'aydim. Ochig'i, avval barqaror o'ynay olmasdim. 15 daqiqa zo'r harakat qilib, keyin butunlay to'xtab qolishim mumkin edi. Raqibdan o'tib ketib, muhim vaziyatlarda pas berishda adashardim. Hozir esa 90 daqiqa "onlaynman", ko'proq gol urib, ko'proq assist qayd etyapman. Munosabatimni o'zgartirib, o'zimga bo'lgan ishonchim ortdi".

Leauning aytishicha, unga Zlatan Ibragimovich katta tasir qilgan.

"Zlatan — o'tmishini unutmagan chempion, — deydi Rafael. — U menga doim kamtarin bo'lishimni hamda tinimsiz ishlash, ishlash va yana ishlashimni takidlaydi. Faqat shu yo'l bilan muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga amin bo'ldim".

40 yoshli forvardning so'zlariga ko'ra, Leau uning maslahatiga quloq solmas ekan:

"Leao bilan har qanaqasiga gaplashib ko'rishga harakat qildim: qattiq, yumshoq, befarq. Insonning o'zi o'zgarishni xohlamaguncha, qo'lingizdan hech narsa kelmas ekan. Uning o'sishi — mening xizmatim emas. O'sish kerakligi va o'zgarish lozimligini o'zi tushunib etdi va boshqa o'yinchiga aylandi. Bazida u yoshlarga qarshi o'ynayotgandek ko'rinadi — harakatlari juda engil chiqadi".


Rafael Leau anchadan beri Evropaning eng yaxshi istiqbolli futbolchilari ro'yxatiga kiritilgan, lekin iqtidorini namoyish etishida unga xarakteri va dangasaligi to'sqinlik qilayotgan edi. Hozir barchasi o'zgarmoqda va ko'z o'ngimizda iqtidori bilan hammani lol qoldirishga tayyor turgan Evropa futbolining yangi yulduzi porlamoqda. 

Inson tinimsiz mehnati bilan albatta muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Leau esa so'zimiz isboti va bunga yorqin misol bo'la oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика