So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  5 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Zlatan misolida... "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak bo'lgan 8 futbolchi Yangiliklar

Zlatan misolida... "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak bo'lgan 8 futbolchi

Teglar :  Manchester Yunayted
Mourino jamoasida katta o'zgarishlar bo'lishi kerak.

Kecha "Manchester Yunayted"ni Zlatan Ibragimovich tark etdi. Albatta, shunday darajadagi futbolchining jiddiy jarohat olib, "qizil iblislar"ning asosiy tarkibidan tushib ketgani achinarli holat. Balkim uning orqasidan "Yunayted"dan yana bir necha futbolchilar ketar...

Viktor Lindelyof

Yozda "Benfika" ushbu himoyachining transferidan 35 mln evro ishlab olgandi, shuningdek, yana 10 "limon" bonus tariqasida vada qilingandi. Lindelyof "Xaddersfild"ga qarshi juda yomon o'yin o'tkazdi va shu boisdan o'ziga bildirilgan ishonchni yo'qotdi. Uning o'rnida endi Kris Smolling o'ynamoqda. Viktor "WhoScored" nashri talqiniga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning eng yomon futbolchilaridan biri. Agarda u jamoadan ketadigan bo'lsa, "Yunayted" undan foyda ko'rmasligi aniq.

Kris Smolling




2018 yil kelgan bo'lsa ham Smolling"Yunayted"ning asosiy tarkibida o'ynamoqda. Biroq uning o'yinlari MYU muxlislariga yoqmayapti. Har holda ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning fikri shunday bo'lmoqda. Smolling statistikaga ko'ra, Bayidan ko'ra yaxshiroq natijalar qayd etmoqda.

Biroq boshqa bir savol bor. 28 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi darajasidagi futbolchi, Evropa chempionlar ligasida esa o'zini ko'rsata olmayapti. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ham Smollingni ko'p bora tanqid qildi.

"Krisni termaga chaqirmayotganligim sababi - u birinchi paslarni bera olmayapti. SHuningdek, himoyada ham oldingidek o'ynamayapti".

Deyli Blind

Gollandiyalik futbolchi 2014 yildan buyon MYU futbolchisi. Blind hali biror marta o'yinlarda etakchilikni qo'liga olgani yoki muhim futbolchi bo'lgani ko'zga tashlanmadi. "Yunayted" murabbiylari uni turli hil poziciyalarda o'ynatib ko'rishdi. U - universal futbolchi. Biroq hali biror poziciyada muqim o'ynab keta olmayapti. Markaziy himoyada u havodagi kurashlarda mag'lub bo'lmoqda. Yarim himoyada esa o'yinni sekinlashtirmoqda. Qanotlarda esa tezlik past. U hozirda "Yunayted" uchun umuman kerak emas. Uning shartnomasi ushbu mavsum yakuniga qadar davom etadi. Aniqki, tomonlar kelishuvni uzaytirishmaydi.

Matteo Darmian

Yana bir universal futbolchi. U ham o'ng, ham chap qanot himoyasida to'p sura oladi. Albatta, Eshli Yang va Antonio Valensiyadan kuchli emas. Darmian MYUga katta maqsadlar va mo'maygina mablag' evaziga transfer qilingan. Ikki mavsum davomida uning o'yinlariga katta ishonch berilmadi. O'tgan yili esa Mourino uning o'yinlariga ko'p ham ehtiyoj sezmadi.

Darmianning boshqa jamoaga o'tishi vaqti keldi. Unga "Yuventus" va "Napoli" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Bu jamoalar esa italiyalik uchun juda mos.

Ander Errera

Ispaniyalik futbolchi MYUda to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda. Faqatgina o'tgan mavsumda u o'zining eng yaxshi jihatlarini ochib bera olgandi. Hattoki himoyada ham o'ynab, jamoaning qo'lga kiritgan ochkolarida katta hissa qo'shgandi. U Kerrik va Pogba bilan hujum uchligini ham hosil qilgandi. Biroq bu mavsumda u raqobatda mag'lub bo'lmoqda va o'yinlardan chetda qolmoqda.

Mish-mishlarga ko'ra, u "Atletik"ka qaytadi. U erda jamoaning asosiy yulduzi bo'la oladi.

Lyuk SHou

Mourino bu mavsumda SHoudan Eshli Yangni afzal ko'rmoqda. Jamoaning faxriy futbolchisi yoshgina Lyukdan anchagina yaxshi jismoniy holatda. Biroq Lyukni ham to'g'ri tushunish kerak. U og'ir jarohatdan keyin oldingi jismoniy holatini yo'qotgan. Mourino va SHou o'rtasidagi munosabat ham yaxshi emas.

Lyuk 22 yoshda, iqtidorli himoyachi, bo'yi va gavdasi alo darajada. U Jozega yaxshi futbolchi ekanligini isbotlaguncha vaqt o'tib ketadi. SHu boisdan u o'z kuchini boshqa jamoada ko'rsatgani maqul, bo'lmasam futbol yaxshigina iqtidor egasidan ajralib qolishi mumkin.

Maruan Fellayni

Fellaynining holati Smollingnikiga o'xshash. Bir tomondan olib qarasak, Maruanning natijalari yaxshi, ammo juda kam o'yinlarda maydonga tushmoqda. U 30 yoshga kirdi, balki "Yunayted"ga katta foydasi tegmas. Uning shartnomasi shu mavsumda o'z yakuniga etadi. Futbolchining o'zi ham kelishuvni uzaytirishni istamayapti.

Mourino biror marta ham Fellaynini muhim poziciyalarda o'ynatmayapti. Joze uni asosan himoyaga asoslangan taktikalarda ishlatmoqda.

Maruan havodagi kurashlarda umuman engilmaydi, standartlarda uning foydasi juda katta. Ammo, bu jabhada uning jamoaga yordam tegmayapti. Balki u "Roma"da asosiy tarkib futbolchisiga aylanar...

Antoni Marsyal

Franciyalik yarim himoyachi "Yunayted"da yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. U bu mavsum APLda 9 gol urib, 5 marta assistentlik qildi. Biroq Aleksis Sanchesning transferidan keyin uning o'yinga tushishi kamayib ketdi. U Markus Reshford bilan almashib o'yinlarda o'ynayotgandi.

Biroq hozirda holat Marsyalning foydasiga ishlamayapti. Sanches - jamoada eng ko'p maosh oladigan futbolchi. Demak u maydonga tushishi kerak. Agarda shu ketish bo'lsa, Marsyal zaxirada o'tirib qoladi va jamoaning o'yinlariga tasir o'tkaza olmaydi. U bunday iqtidori bilan bemalol boshqa jamoalarda ham o'ynay oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика