Zlatan Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" kiyinish xonasida hisobida 300 mln. dollar borligini aytgan
21 apr 2020 18:45
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" kiyinish xonasida hisobida 300 mln. dollar borligini aytgan
Zlatan doimgidek o'z uslubida.
"Los-Anjeles Gelaksi" sobiq xavbeki Joau Pedru o'tgan yili AQSH klubi kiyinish xonasida sodir bo'lgan voqea haqida gapirib berdi.
"Biz "Xyuston Dinamo"ga qarshi mehmonda o'ynayotgan edik. Hisobda oldinga chiqdik, ammo uchrashuv 3:2 hisobida raqibning g'alabasi bilan yakun topdi.
Uchrashuvdan so'ng Zlatan kiyinish xonasida hammani koyib berdi va quyidagilarni aytib, hisobida 300 mln. dollar borligini malum qildi: "Eshitlaring, bu erga sohilda dam olish, Gollivud bo'ylab sayr qilish uchun kelgan bo'lsangiz hoziroq buni tan oling. Mening oroldagi hisobimda 300 mln. dollarim bor va mana bu maynavozchilik menga umuman kerak emas.
Birinchi og'zini ochganni o'ldiraman, rostdan, o'ldiraman" - deydi Pedru.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar