Zlatan Ibragimovich: “Agar 20 yosh bo'lganimda, 2 tadan ko'proq gol urardim”
22 sen 2020 09:07
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich: “Agar 20 yosh bo'lganimda, 2 tadan ko'proq gol urardim”
“Bolonya”ga qarshi bahsda (2:0) dublga erishgan “Milan” hujumchisi fikrlari bilan bo'lishdi.
“Yaxshi formadaman. Ishlayapman. Bu barcha musobaqalar doirasidagi ikkinchi o'yin, xolos. G'alaba qozondik, men esa ko'proq gol urishim mumkin edi. Agar 20 yosh bo'lganimda, 2 tadan ko'proq gol urardim. Yo'q, men qari emasman, aksincha Benjamin Batton kabiman — keksa bo'lib boshlayman, yosh bo'lib esa vafot etaman. Hazil o'z yo'liga, ammo jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. 100 foizga tayyor emasdik, shu boisdan ham bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. Odatda bunday xatolarga yo'l qo'ymaymiz. Maqsadimiz — o'tgan mavsumdagidan ko'prog'iga erishish”, — deydi Ibragimovich.
Benjamin Batton — “Benjamin Battonning sirli tarixi” nomli film qahramoni bo'lib, u 80 yoshida dunyoga keladi. Keyin esa yoshi kichiklashib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar